Alisher Navoiy tavalludining 577 yilligi – “Navoiyni yod etib”

Bog’don madaniyat va aholi dam olish markazida Egizbuloq Iqtisodiyot xizmat ko’rsatish kasb hunar kolleji bilan hamkorlikda  2018-yil 9-fevral kuni o’zbek sheriyatinig sultoni Alisher Navoiy tavalludining 577 yilligiga bag’ishlangan “Navoiyni yod etib” nomli adabiy musiqiy kecha bo’lib o’tdi.

Tadbirni kollejning ma’naviy-marifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari T.Maxmudov kirish so’zi bilan ochib berdi.

Tadbirda kollejning ikkinchi bosqich talabalaridan M.Hamroyeva, B.Saibovalar so’zga chiqib Alisher Navoiy hayot yo’li, serqirra ijodiy faoliyati shuningdek  ruboiy va g’azallaridan parchalar o’qishdi.

Alisher Navoiy hayotidan va ijodidan 1-2-bosqich talabalari tomonidan sahna ko’rinishlari namoyish etildi. Tadbir davomida  Bog’don madaniyat va aholi dam olish markazi badiiy havaskorlik jamoasi tomonidan A.Navoiy g’azallaridan qo’shiqlar ijro etildi.

Tadbirga 120dan ortiq yoshlar jalb etildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan