«Buyuk siymo bilimdonlari»

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-iyuldagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani yangi bosqichga ko’tarish to’g’risida”gi PQ-3160-sonli qaror ijrosini taminlash hamda so’z mulkining sultoni o’zbek she’riyatining asoschisi Alisher Navoiy tavalludinig 577-yilligi, buyuk shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 535-yilligi munosabati bilan Madaniyat bo’limi Uchquloch madaniyat va aholi dam olish markazi tomonidan  2018-yil 14-fevral kuni  o’quvchilarning adabiyot, tarix fanlariga qiziqishlarini oshirish, buyuk ajdodlarimiz haqidagi bilimlarni mustahkamlash, shuningdek ularni buyuk tariximizga, milliy ma’naviyatimizga xurmat va sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida 59-umumiy o’rta ta’lim maktabida “Buyuk siymo bilimdonlari” ko’rik-tanlovi tashkil etildi.

Tanlovda maktabning iste’dodli o’quvchilaridan shakllantirilgan “Sharq she’riyati yulduzlari” va “Yosh adabiyotshunoslar” jamoalari to’rtta shart bo’yicha bellashdilar.

Shartlarda o’quvchilar Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur ijodiy faoliyati, yozib qoldirgan asarlari haqida ma’lumotlar berdilar, buyuk ajdodlarimiz yozgan ruboyilar asosida bahrubayt aytishuvi, hayot yo’li haqidagi tezkor savollarga javoblar, asarlari asosidagi sahna ko’rinishlarini namoyish etdilar.

Tanlov hakamlar hay’ati qaroriga ko’ra 58 ball bilan “Yosh adabiyotshunoslar” jamoasi g’oliblikni qo’lga kiritdi. G’oli bo’lgan jamoa va tanlovda faol ishtirok etgan “Sharq she’riyati yulduzlari” jamoasi Madaniyat bo’limining diplom va faxriy yorlig’i bilan taqdirlandilar.

Tanlov davomida Uchquloch madaniyat va aholi dam olish markazida tashkil etilgan “Raqs” to’garagi ishtirokchilarining raqslari hamda “Bolalar qo’shiqchiligi” to’garagi ishtirokchilari  ijrosida A.Navoiyning “Alisher va Guli” monologi, “Kelmadi” g’azallaridan namunalar ijro etdilar. Tadbir tomoshasiga 80 nafarga yaqin o’quvchilar jalb etildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan