Harbiy xizmatchilarni uylariga tantanali kuzatish marosimi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti – Qurolli Kuchlari Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Miramonovich Mirziyoevning farmoni talablarini o‘z vaqtida sifatli bajarish maqsadida 2018-yil 24-fevral kuni 39815-sonli Forish tog‘ poligonida Vatan oldidagi yigitlik burchini a’lo darajada o‘tab bo‘lgan muddatli xarbiy xizmatchilarni uylariga  tantanali ravishda kuzatish marosimi tashkil etildi.

Tantanali marosimda xarbiy qism komandiri A.Alimov, katta leytenant X.Ro‘zmetov, serjant V.Ergashev, mayor X.Zaripov, muddatli xarbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan askarlar nomidan J.Yo‘ldoshalievlar so‘zga chiqib askarlarni qizg‘in muborakbod etdilar va barchalariga o‘z tug‘ilib o‘sgan go‘shalariga, yaqinlari bag‘riga sog‘ va omon etib borishlarida oq yo‘l tiladilar.

Tantanali marosim davomida davlat test markazi tomonidan o‘tkazilgan testda yuqori ball to‘plagan va xarbiy xizmat davridagi faolligi va namunali xulqi uchun xarbiy qism komandirining buyrug‘i bilan bir qancha askarlarga oliy ta’lim muassasasiga kirish xuquqini beruvchi tavsiyanoma hamda  faxriy yorliqlar topshirildi.

Tantanali marosim munosabati bilan madaniyat va aholi dam olish markazi tomonidan ona Vatanni, tinchlikni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlardan tuzilgan konsert dasturi namoyish etildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan