Forish tumanining “Bahor taronalari” viloyat ko‘rik-tanlovida erishgan yutuqlari

Tug‘ilish, tiklanish, poklik va yasharish timsoli bo‘lgan bahorni, navro‘zni, aziz va mo‘‘tabar ayollarimizni madh etish, hozirgi yoshlar ongida ajdodlarimizdan meros bo‘lib kelayotgan milliy musiqa va folьklor  san’atimizga ko‘nikmalar hosil qilish, madaniyat muassasalari faoliyatini hamda san’atda o‘z o‘rnini topayotgan ijodkor yoshlarning ijodini omma o‘rtasida keng targ‘ib va tashviq qilish, ularni moddiy qo‘llab-quvvatlash asos qilib olingan “Bahor taronalari” mavzuidagi eng yaxshi asarlar an’anaviy viloyat ko‘rik-tanlovi 2018 yilning 23 fevral kuni viloyat musiqali drama teatrida  o‘tkazildi. Bu yilgi tanlovda shahar va tuman madaniyat va aholi dam olish markazlari hamda viloyat akademik va xalq badiiy jamoalari direksiyasi qoshida faoliyat olib borayotgan havaskorlik badiiy, folklor jamoalar  va yakka ijrochilar ishtirok etishdi. 

O‘zlarining tomosha dasturlarini Nizom talablari darajasida tayyorlagan quyidagi shahar, tumanlar Madaniyat bo‘limlariga qarashli folklor-etnografik ansambllariga jamoa hisobida ko‘rik-tanlovning I-II-III-o‘rinlari berildi.

1-o‘rin – Zomin tuman madaniyat va aholi dam olish markazi qoshidagi “Zomin sayqali” folklor-etnografik xalq ansambliga;

2-o‘rin – Jizzax shahar madaniyat va aholi dam olish markazi qoshidagi “Rayhon” folklor jamoasi hamda Zarbdor tuman madaniyat va aholi dam olish markazi qoshidagi “Oypari” folklor-etnografik xalq ansambli

3-o‘rin Forish tuman madaniyat va aholi dam olish markazi qoshidagi “Bog‘don gullari” folklor-etnografik xalq ansambli hamda G‘allaorol tuman madaniyat va aholi dam olish markazi qoshidagi “Gashtak” folklor-etnografik xalq ansambliga;

Shuningdek ko‘rik-tanlovda yuqori darajadagi ijro mahorati va faol ishtiroki uchun  nominatsiyalar bo‘yicha quyidagilar g‘olib deb topildi.

     I.“Navro‘z haqidagi eng yaxshi qo‘shiq nominatsiyasi bo‘yicha;

1-o‘rin – Forish tumanidan Baxrom Ismoilov, Mirkomil Ahmedov (“Navro‘zing muborak” G.Qozoqova she’ri, A.Qozoqov musiqasi)2-o‘rin – Baxmal tumanidan Zafar Rahmatullaev (“Navro‘z ayyomi” Q.Sindorov she’ri, B.Mo‘minov musiqasi) hamda YAngiobod tumanidan Muhammadrizo Mo‘minboev (“Ko‘klamoy” X.Exsonboy she’ri, H.Nazarov musiqasi), 3-o‘rin – Viloyat akademik va xalq badiiy jamoalari direksiyasidan Dilshod Erkinov (“Navro‘z” D.Axmadshoh she’ri va musiqasi).

II.“Eng yaxshi estrada ijrochiligi” nominatsiyasi bo‘yicha;

1-o‘rin – Yangiobod tumanidan Doston G‘aybullaev (“Navro‘zim” J.Isroilov she’ri, J.G‘aybullaev musiqasi), 2-o‘rin – Arnasoy tumanidan Muhiddin Zoidov (“Sen kulganda” B.Lutfullaev she’ri, A.Ikromov musiqasi) hamda Paxtakor tumanidan Zafar Shodiev (“Jon O‘zbekiston” A.Burxonov she’ri va musiqasi), 3-o‘rin – viloyat akademik va xalq badiiy jamoalari direksiyasidan Atham To‘ychiev (“Rayxon” xalq so‘zi, J.Raximov musiqasi) hamda Jizzax shahridan Durbek Xazratov (“O‘zbekistonim” B.Boymo‘min she’ri, M.Ahmedov musiqasi).

     III. “Hududga xos eng yaxshi lapar ijrochiligi” nominatsiyasi bo‘yicha;

1-o‘rin – Zomin tumanidan Sayyora To‘raeva (“Zomin hududiga xos laparlar” xalq so‘zi, xalq kuyi), 2-o‘rin – Paxtakor tumanidan Mehriniso Xolmurodova (“YAllijonim” xalq so‘zi, xalq kuyi), 3-o‘rin – Forish tumanidan Ra’no Toshpo‘latova (“YOrijon” S.To‘ychieva she’ri, N.Xudoynazarova musiqasi).

IV.“Eng yaxshi baxshi ijrochiligi” nominatsiyasi bo‘yicha;

1-o‘rin – Forish tumanidan  Nishonboy O‘rozov (“Ko‘klamoy” Forish termalaridan)2-o‘rin– G‘allaorol tumanidan Xudoybergan Abdulniyazov (“Naylayin” Avazxon dostonlaridan, xalq kuyi), 3-o‘rin – Arnasoy tumanidan Ziyodulla Nomozov (Xalq og‘zaki ijodidan namunalar).

V.“Ayollarni madh etuvchi eng yaxshi qo‘shiq” nominatsiyasi bo‘yicha;

1-o‘rin – G‘allaorol tumanidan Marhabo Begimqulova (“Onalarni asraylik ey azizlarim” M.Jo‘raev she’ri, M.Begimqulova musiqasi), 2-o‘rin – SHarof Rashidov tumanidan Berdinazar YUsupov (“Ayollar” R.Xatamova she’ri, A.Dehqonov musiqasi), 3-o‘rin – Jizzax shahridan “Sangzor” xalq havaskorlik jamoasi (“O‘zbek ayollari”SH.Axrorova she’ri, S.Fayzullaev musiqasi) hamda Forish tumanidan Atham Qozoqov (“Ayolini asragan elda” S.To‘ychieva she’ri, N.Xudoynazarova musiqasi)larga nasib etdi.

Shuningdek hay’at a’zolari tomonidan Zarbdor tumanidan “Oypari”, Forish tuman “Bog‘don gullari”, Zomin tumanidan “Zomin sayqali” folklor-etnografik  xalq ansambllari jamoasining qadimiy qo‘shiqlari, udum va marosimlar asosida tayyorlangan dasturlari Respublika Navro‘z tantanalarida ishtirok etishi uchun tanlab olindi. Qolgan jamoalarning repertuariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilgan holda viloyat va tumanlarda bo‘lib o‘tadigan “Navro‘z”  umumxalq bayrami tantanalariga tayyorgarlik ko‘rish uchun tanlab olindi.

Manba jizzax.madaniyat.uz sayti.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan