“Doimo e’zozdasiz”

Uchquloch madaniyat va aholi dam olish markazi hududi Xonbandi mahallasida 4-mart kuni bahorning ilk bayrami 8-mart “Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan “Doimo e’zozdasiz” nomli tadbir bo’lib o’tdi.

Tadbirni Xonbandi M.F.Y raisi F.Qayumov bayram bilan barcha xotin-qizlar, ayollarni tabriklab, davrani ochib berdi. Shuningdek tadbirga taklif etilgan Mahalla hayriya jamoat fondi Forish tuman kengashi mutaxassisi B.Raxmatova, O’zXDP Forish tuman kengashi raisi N.Irisovalar ham barcha yig’ilgan mehmonlarni bayram bilan tabriklab o’tdilar.

Tadbir davomida faol va na’muna ko’rsatayotgan ayollarga mahalla va tashkilotchilar tomonidan turli na’minatsiyalar bo’yicha faxriy yorliqlar topshirildi.

Mahallaning faol va iste’dodli ayollari M.Artikova, F.Yarashova, N.Karimova, S.Rajabova, T.Xosilbekovalar tomonidan “Azizim onam”, “Qizlar”, “Tanovvor” kabi qo’shiqlar, she’r va raqslar hamda madaniyat va aholi dam olish markazi xodimlari X.To’laniy, A.Qozoqovlarning konsert dasturi namoyish etildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan