“Aziz va muqaddassan ayol!”


8-mart xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan 7-mart kuni “Sultan” kafesida imkoniyati cheklangan ayollar, tadbirkor ayollar hamda turli sohalarda faol mehnat qilayotgan ayollar ishtirokida “Aziz va muqaddassan ayol!” nomli tantanali marosim tadbiri tashkil etildi.
Bayram tadbirini tuman hokimi A.Mustanov tabrik so‘zi bilan ochib ayollarni 8-mart nafosat va go‘zallik bayrami bilan qizg‘in muborakbod etdi. Tadbir davomida  viloyat hotin-qizlar qo‘mitasi bosh mutaxassisi S.Raupova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan xuquqshunos, mehnat faxriysi U.Ostonova, mahalla faoli A.Yangiboeva, tuman prakurori Z.Anorboev, tuman milliy xavfsizlik bo‘linmasi boshlig‘i U.Dosimbetovlar so‘zga chiqib barcha ayollarni bayram bilan tabrikladilar.




Bayram tadbirida madaniyat va aholi dam olish markazi honandalari N.Xudoynazarova, A.Qozoqov, S.Ibragimov, L.Nurqulov, L.Xakimova, R.Toshpo‘latova, SH.G‘iyosovalar ijrosidagi onalarni, ayollarni ulug‘lovchi, mehr-muhabbatni tarannum etuvchi qo‘shiqlar barcha ishtirokchilarga bayram kayfiyatini ulashdi. Tadbir yakunida ko‘zi ojiz ayollarga tuman hokimligining sovg‘alari hamda imkoniyati cheklangan, tikuvchilik hunari bilan band bo‘lgan 5nafar xotin-qizlarga O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tuman kengashi tomonidan tikuv mashinalari topshirildi.



Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan