Xalqaro xotin-qizlar bayrami tadbirlari

8-mart “Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami munosabati bilan joriy yilning 7-mart kuni Bog’don madaniyat va aholi dam olish markazi, Egizbuloq iqtisodiyot va xizmat ko’rsatish kasb-hunar kolleji, 15-umumta’lim maktabi hamda Egizbuloq mahallasi bilan hamkorlikda tadbirlar bo’lib o’tdi.

            Egizbuloq iqtisodiyot va xizmat ko’rsatish kasb-hunar kollejida “Bahor nafasi” nomli tadbir 15-umumta’lim maktabida “Bahoriy guldasta” deb nomlangan kecha tashkil etilib unda kollej talabalari va maktab o’quvchilari tomonidan ayollar, onalar va opa-singillarimizga bag’ishlangan she’rlar, sahna ko’rinishlari va qo’shiqlar kuylandi.

            Tadbirlarda Bog’don madaniyat va aholi dam olish markasi hamda markazda tashkil etilgan to’garak jamoalari tomonidan konsert dasturlari namoyish etildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan