AZIZ VATANDOSHLAR, HAR KUNINGIZ NAVRO‘Z BO‘LSIN

“Navro‘z” umumxalq bayramiga  bag‘ishlab tumanga hos  milliy urf-odatlar, an’analar  asosida  Madaniyat bo‘limi tomonidan “Aziz Vatandoshlar, har kuningiz Navro‘z bo‘lsin!” nomli teatrlashtirilgan bayram ssenariysi tuzildi va 2018 yil 14-mart kuni soat 11-00dan 17-00ga qadar “Qizil-qir” sayilgoxi uzra bayram sayli namoyish etildi.


“Navro‘z” bayram saylida “Tog‘ shalolasi” ashula va raqs xalq ansambli, “Bog‘don gullari” folьklor etnografik xalq ansambli, “Kichkintoy” xalq  xavaskorlik qo‘g‘irchoq teatri jamoasi,



 qo‘g‘irchoqbozlar, madaniyat va aholi dam olish markazlarida faoliyat olib borayotgan bolalar badiiy xavaskorlik jamoalari, xalq o‘yinlari, yosh xavaskor qo‘shiqchilarning bahor va navro‘zni tarannum etuvchi qo‘shiqlardan tuzilgan konsert dasturi, dorbozchilarning ko‘rgazmali tomoshalari,  hamda “Milliy kurash” sport musobaqasi, shuningdek tumandagi barcha mahalla fuqarolar yig‘inlari va tashkilotlar tomonidan milliy taomlar va qo‘l hunarmandchiligiga oid ko‘rgazmalari va poytaxt Toshkent shaxridan taklif etilgan O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist G‘iyos  Boytoevning konsert dasturi tuman aholisiga namoyish etildi. Bayram saylida 200 nafardan ortiq ishtirokchilar va   5000 dan ortiq tomoshabinlar ishtirok etdi.


Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan