Xonbandi MFYda Navro’z sayli


Forish tumani Uchquloch madaniyat va aholi dam olish markazi hududi Xonbandi mahallasida 2018-yil 24-mart kuni “Aziz yurtdoshlar, har kuningiz navro’z bo’lsin” nomli bayram tadbiri bo’lib o’tdi.
Bayram saylini Xonbandi MFY faoli A.Izbosorov kirish so’zi bilan barcha mahalla ahlini va yig’ilganlarni bayram bilan tabriklab ochib berdi. Shundan so’ng mahalla faollari tomonidan “Kelin salom”, Milliy xalq o’yinlari namonishi,




M.Artikova tomonidan “Tanovvor” qo’shig’i, M.Tojiboyeva tomonidan “Naylayin” qo’shig’i, F.Yarasheva tomonidan “Chaman ichra”, “Qizlar” qo’shiqlari, A.Siddiqov va S.Qahramonova tomonidan she’rlar ijro etildi.



Tadbir davomida mahallalardagi barcha uylardan milliy taomlar ko’rgazmasi ham tashkil etilib hakamlar hay’ati tomonidan baholandi unga ko’ra 3-o’ringa 3/2, 2/11, 2/6-uylar, 2-o’ringa 2/10, 2/8-uylar, 1-o’ringa 1/4-uyda yashovchilar loyiq topildilar.


Navro’z bayram saylida Uchquloch madaniyat va aholi dam olish markazi xodimlari Sh.Darxonov, B.Ismoilov, X.To’laniy, Ya.Mirzayev, S.Kamolovalar hamda markaz qoshida tashkil etilgan badiiy havaskorlik to’garagi qatnashchilari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi namoyish etildi.
Navro’z saylida 600dan ortiq aholi ishtirok etdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan