Toshkent Navro’z sayillarida Forish tumani ishtirok etdi


Forish tumani “Bog‘don gullari” folklor etnografik xalq ansambli Toshkent shahrida nishonlangan Navro‘z bayram tantanalarida ishtirok etdi.



“Navro‘z” umumxalq bayrami munosabati bilan Toshkent shahridagi  “Navro‘z” bog‘i va O‘zko‘rgazmasavdo markazida nishonlangan bayram tantanalarida “Bog‘don gullari” folklor etnografik xalq ansambli o‘zining tomosha dasturlari bilan ishtirok etdi.

Tomosha dasturlarida Forish madaniyat va aholi dam  olish markazida faoliyat olib borayotgan “Kichkintoy” xalq xavaskorlik qo‘g‘irchoq teatrining chiqishlari,



“Bog‘don gullari” folklor etnografik xalq ansamblining navro‘z bayramiga bag‘ishlangan tuman hududiga hos “Urug‘ qadash”, “Yil boshi”, “Xalq o‘yinlari” marosimlari hamda navro‘zni, bahorni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlari horijlik hamda respublikamizning barcha viloyatlaridan tashrif buyurgan mehmonlarga namoyish etildi.

Ansamblning tomosha dasturlarida namoyish etilgan marosimlar haqidagi ma’lumotlar va aks etgan lavhalar Turkiya davlatining TRT, mamlakatimizning “O’zbekiston 24”, “Uzreport TV”, “Yoshlar”, “Toshkent” telekanallari orqali namoyish etildi.


Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan