Darboza MFYda Navro’z bayram tadbiri

2018-yil 22-mart  kuni Forish tuman hududiga qarashli Erimbetov j/x Darboza MFYda “Navro‘z” umumxalq bayrami munosabati bilan 50-maktabda bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda Erimbetov j/x raisi F.O‘rishev va maktab direktori B.Suyunovlar so‘zga chiqib barchani navrzo‘z shodiyonasi bilan tabrikladilar va mahalla faollariga esdalik sovg‘alarini topshirdilar.

Tadbir davomida Forish madaniyat va aholi dam olish markazi badiiy jamoasi A.Keldiev, A.Qozoqovlar qardosh millat vakillari va tinchlikni, do‘stlikni madh etuvchi qo‘shiqlardan tuzilgan konsert dasturi va maktab o‘quvchilarining tayyorlagan saxna ko‘rinishlari namoyish etildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan