Forish tumani Madaniyat bo’limi tomonidan 33-umumta’lim maktabida 2018-yil 10-aprel kuni buyuk sarkarda, sohibqiron Amir Temur tavalludining 682-yilligi hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani yangi bosqichga ko’tarish to’g’risida”gi PQ-3160-sonli qaror ijrosini ta’minlash maqsadida “Buyuk sarkarda izdoshlari” ko’rik-tanlovi bo’lib o’tdi.
Ko’rik-tanlovda maktabning faol o’quvchilaridan shakillantirilgan 8A-sinfining “Temuriy izdoshlari” va 8B-sinfining “Temuriy vorislari” jamoalari “Tashrifnoma”, “Tezkor savollar”, “Sahna ko’rinishi” shartlari bo’yicha bellashdilar. Hakamlar hay’ati tomonidan 3 ta shart bo’yicha jamoalarning chiqishlari, sarkarda Amir Temurning hayot yo’li, faoliyati, ishtirokchi jamoalarning savollarga topqirligi, sahna ko’rinishlari bo’yicha baholandi.
Tanlovda faol ishtirok etganligi uchun “Zukkoo ishtirokchi” nominatsiyasiga 8A-sinf o’quvchisi Amirova Saida, “Faol ishtirokchi” nominatsiyasiga 8B-sinf o’quvchisi Jo’rayeva Nigina loyiq topilib faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi hamda hakamlar hay’ati qaroriga ko’ra “Temuriy vorislari” jamoasi 53-ball bilan “Bilimdon yoshlar” nominatsiyasiga, “Temuriy izdoshlari” jamoasi 53-ball bilan “Faol yoshlar” nominatsiyasi bo’yicha loyiq topilib Madaniyat bo’limi va O’zbekiston yoshlar ittifoqi Forish tuman Kengashining diplom va sovg’alari bilan taqdirlandilar.