Nihol davlat mukofoti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yosh iste’dodlar uchun ta’sis etgan “Nihol” davlat mukofotiga hujjatlar qabul qilish boshlandi.

Hujjatlar Forish tuman madaniyat va aholi dam olish markazlarida qabul qilinadi, “Nihol” davlat mukofotiga talab etiladigan hujjatlar ro’yxati :

  1. Doimiy o’qish yoki ish joyidan beriladigan va tashkilot rahbari tomonidan imzolanib, muhr bilan tasdiqlangan ijodiy tavfsifnoma (elektron varyanti bilan);
  2. Ma’lumotnoma obektivka (elektron varyanti bilan);
  3. Pasport nusxasi;
  4. Diplom nusxasi yoki talim olayotgan o’quv yurtidan ma’lumotnoma;
  5. Tarjimai hol;
  6. 8dona fotosurat (4dona 10×15, 2dona 3×4, 2dona ijodiy jarayondan fotosurat);
  7. Repertuar ro’yxati (qo’shiq nomi, matn muallifi va bastakori);
  8. Video (DVD), audio albomlari;
  9. Tanlovlarda qatnashganligi haqidagi diplom yoki sertifikat nusxasi (agar bo’lsa);
  10. Ommamiy axborot vositalarida nomzod haqida berilgan ko’rsatuv, eshittirishlar va maqolalar nusxasi (agar bo’lsa).

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nihol” mukofoti haqida.

“Nihol” mukofoti Vazirlar Mahkamasining “Yosh iste’dodlar uchun «Nihol» mukofotini ta’sis etish to‘g‘risida”gi 2000 yil 25 avgustda 334-son qarori bilan ta’sis etilgan.

Shu munosabat bilan tanlov 2000 yildan buyon har yili an’anaviy tarzda o‘tkazib kelindi hamda Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 3 noyabrdagi 295-son qaroriga binoan har ikki yilda bir marta o‘tkazish belgilandi.

2017 yilda “Nihol” mukofoti tanlovining tuman (shahar) saralash bosqichlari 16-31 may kunlari butun Respublikamiz bo‘yicha o‘tkazildi. Ularga 13 ming nafardan ortiq ijodkor yoshlar ishtirok etib, shundan 1080 nafar yosh ijodkorlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri saralash bosqichlariga tavsiya etilgan edi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan