«Kichkintoy» qo’g’irchoq teatri tomoshalari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-iyuldagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida”gi PQ-3160-sonli qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Forish tuman madaniyat va aholi dam olish markazi qoshida tashkil etilgan “Kichkintoy” xalq havaskorlik qo’g’irchoq teatri tomonidan 17-aprel kuni 1-son “G’uncha”, 18-aperl kuni 3-son “Binafsha” nomli maktabgacha ta’lim muossasalarida qo’g’irchoq teatri tomoshalari namoyish etildi.

Tadbirda “Kichkintoy” qo’g’irchoq teatri tomonidan tomoshaga yig’ilgan bolalarga mehnatkash chol va kampir timsolida yaxshilik, ezgulik, rostgo’ylikka yetaklovchi o’zbek xalq ertaklaridan “Ur to’qmoq” spektakli namoyish etildi. Shuningdek tarbiyalanuvchi bolalar o’rtasida qiziqarli o’yinlar, quvnoq viktarinalar o’tkazildi.

“Kichkintoy” qo’g’irchoq teatri tomoshalari tuman bog’chalari va umumta’lim maktablarida davom etadi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan