Quvnoqlar va zukkolar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi PQ-5106-sonli farmoniga asosan tumandagi  yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish hamda madaniyat va aholi dam olish markaziga jalb qilish, ular orasidan iqtidorli, iste’dodli yoshlarni barvaqt aniqlash, san’atga bo‘lgan qiziqishlarini kuchaytirish, ma’naviy,  axloqiy bilim saviyalarini oshirish maqsadida 2018-yil 25-aprel kuni madaniyat va aholi dam olish markazida 5-maktabning  “Parij”, 12-maktabning “Shovvozlar”, 33-maktabning “Voy dod”, 55-maktabning “Chaqmoq” jamoalari o‘rtasida “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. 

Jamoalar tanlovda 3ta “Tashrifnoma”, “Quvnoq kayfiyat”, “Kelajak yoshlari” shartlari bo‘yicha bellashdilar.  Ayniqsa o‘quvchilar tomonidan tanlovning 3-shartida  hozirgi kunda global muammolar sanalgan terrorizm, giyohvandlik, ekstremizm, odam savdosi, internet orqali kelib chiquvchi salbiy oqibatlarga qarshi kurashishga qaratilgan sahna ko‘rinishlari orqali o‘z tengdoshlarini hushyorlikka chaqirib, tinchlik deb atalgan buyuk ne’matning qadriga yetish kerak ekanligini aytib o‘tishdi.

Tanlov yakunida hakamlar hay’ati qaroriga ko‘ra 55-maktabning “Chaqmoq” jamoasi birinchi o‘rin, 33-maktabning “Voy dod” jamoasi ikkinchi o‘rin,  12-maktabning “Shovvozlar” jamoasi uchinchi o‘rin va 5-maktabning “Parij” jamoasi rag‘balantiruvchi o‘ringa munosib topildi. Tanlov ishtirokchilari tuman Madaniyat bo‘limining diplom va faxriy yorlig‘  va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tuman Kengashining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Tanlov tomoshasiga 300 nafardan ziyod tomoshabinlar jalb etildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan