“Boysun bahori” ochiq xalqaro folklor festivali

Forish tumani Madaniyat bo‘limi “Bog‘don gullari” folklor etnografik xalq ansambli Surxondaryo viloyatining “Boysun bahori” ochiq xalqaro folklor festivali sovrindori.

Milliy-ma’naviy me’rosimizni asrab-avaylash, ularni xalqimiz, ayniqsa, yoshlar orasida hamda xalqaro miqiyosida keng targ‘ib qilish maqsadida 2018-yil 27-29-aprel kunlari O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va Surxondaryo viloyati hokimligi hamkorligida Boysun tumanida o‘tkazilgan “Boysun bahori” ochiq xalqaro folklor festivalida  Jizzax viloyati Forish tumanida ijodiy faoliyat olib borayotgan “Bog‘don gullari” folklor etnografik xalq ansambli muvafaqiyatli ishtirok etdi.

Purviqor tog‘lar va yashil tabiat qo‘ynida bo‘lib o‘tgan mazkur festivalda folklor jamoalarining chiqishlari, baxshi-shoir, oqin va jirovlar ijodiy bellashuvlari, dizaynerlarning milliy liboslar namoyishi, dorbozlik tomoshalari, milliy kurash musobaqalari, milliy xalq o‘yinlaridan varrak uchirish, xo‘roz va qo‘chqor urishtirish va Respublikamizning taniqli san’at ustalariniing konsert dasturi barchada katta ta’surot qoldirdi.

 Festivalda jami 31 ta folklor jamoalar ya’ni, Qoraqalpog‘iston  Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar shuningdek Tojikiston, Turkmaniston, Afg‘oniston Respublikasi hamda Surhondaryo viloyatining folklor jamoalari o‘z hududlariga hos, kuy-qo‘shiqlar, marosim va udumlar bilan boyitilgan chiqishlarini  festival hakamlar hay’atiga hamda horijlik mehmonlar va festival tomoshasiga tashrif buyurgan tomoshabinlarga namoyish etdilar.

“Bog‘don gullari” folklor etnografik xalq ansambli ham tumanimiz xududiga xos bo‘lgan “Xalq o‘yinlari”, “Urug‘ qadash” va “Yil boshi” marosimlaridan tashkil topgan folklor qo‘shiqlar, raqslar, o‘lan-aytishuvlarni umumlashtirib jami 20 daqiqalik qiziqarli folklor dasturlarini ijro etib 31 ta folklor jamoalari orasida faxrli ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi va Madaniyat vazirligining diplomi, esdalik sovg‘asi bilan taqdirlandilar.

Qo‘lga kiritgan yutug‘idan ilhomlangan ansambl, kelgusida repertuarini tuman hududiga hos marosim, udumlar, kuy-qo‘shiq va raqslar bilan boyitib, yanada yuqori o‘rinlarni egallashni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘ydilar.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan