«Kichkintoy» qo’g’irchoq teatri tomoshalari davom etmoqda

Jizzax viloyati Forish tuman madaniyat va aholi dam olish markazi qoshida tashkil etilgan “Kichkintoy” xalq havaskorlik qo’g’irchoq teatri tomonidan 19-aprel kuni “Boychechak” nomli maktabgacha ta’lim muossasalarida shuningdek 26-aperl kuni 59-maktab, 27-aprel kuni 22-maktab, 27-aprel kuni 6-maktab, 28-aprel kuni 47-maktab, 30-aprel kuni 7-maktablarda  qo’g’irchoq teatri tomoshalari namoyish etildi.

28cb1c59 a1c6 4458 8a10 4a3f06238865

Tadbirda “Kichkintoy” qo’g’irchoq teatri tomonidan tomoshaga yig’ilgan bolalarga mehnatkash chol va kampir timsolida yaxshilik, ezgulik, rostgo’ylikka yetaklovchi o’zbek xalq ertaklaridan “Ur to’qmoq” spektakli namoyish etildi. Shuningdek tarbiyalanuvchi bolalar o’rtasida qiziqarli o’yinlar, quvnoq viktarinalar o’tkazildi.

4afba382 141a 452d a6a8 1a42302e9374

“Kichkintoy” qo’g’irchoq teatri tomoshalari tuman bog’chalari va umumta’lim maktablarida davom etadi.

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan