Xonbandi mahallasi «Obod qishloq»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  “Obod qishloq  dasturi to‘g‘risida”gi  5386-sonli  farmoni va “Obod qishloq” dasturini 2018-yilda amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qaroriga muvofiq Respublikamizning eng chekka qishloqlarida, Jizzax viloyati Forish tumani Xonbandi mahallasida  ham “Obod qishloq” dasturi doirasida keng ko‘lamli ishlari boshlab yuborildi.

Shu munosabat bilan Xonbandi mahallasida  qurilish va ta’mirlash ishlarida o‘zlarining munosib hissasini qo‘shayotgan barcha hamyurtlarimizga, hasharchilarga Forish tuman madaniyat va aholi dam olish markazi xodimlari S.Ibragimov, Sh.Darxonov, B.Ismoilov, X.To’laniy, R.Toshpo’latovalar tomonidan konsert dasturi namoyish etilib, Vatanni, tinchlikni madh etuvchi kuy qo’shiqlar kuylandi.

Xonbandi mahallasida shu kabi tadbirlar, konsert dasturlari davom etmoqda.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan