“Hamshira-2018” ko‘rik-tanlovi bo’lib o’tdi

2bb64c41 d1ac 4c5c afb4 f7b97563ad15Forish tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan 12-may “Hamshiralar kuni” bayramini keng nishonlash maqsadida 2018-yil 4-may kuni madaniyat va aholi dam olish markazida “Hamshira-2018” ko‘rik-tanlovi tashkil etildi. Tanlovda shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limi hamshirasi U.Qo‘qonova, hirurgiya bo‘limi hamshirasi Sh.Antarova, tez tibbiy yordam bo‘limi hamshirasi M.Nasibbekova, tug‘ruq bo‘limi hamshirasi S.Ochilova, terapiya bo‘limi hamshirasi E.Hudoyberdiyevalar tanlovning 3 ta sharti “Tanishtiruv”, tibbiyot sohasiga oid tezkor va anatomik savol-javoblar hamda “Erkin mavzu” shartlari bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.

Fe84e733 b3c6 4a05 8c6e 3d815a67a78a

95d6e1fd 2c4e 42d6 90c0 6035014b30fd

20cb0e57 b686 44c2 8b36 50fd49dd3977

Tanlov natijasi va hakamlar hay’ati qaroriga ko‘ra shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limi hamshirasi U.Qo‘qonova birinchi o‘rinni, hirurgiya bo‘limi hamshirasi Sh.Antarova ikkinchi o‘rinni,  tez tibbiy yordam bo‘limi hamshirasi M.Nasibbekova uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdilar. Tanlovning “Eng bilimdon hamshira” nominatsiyasiga shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limi hamshirasi U.Qo‘qonova, “Eng quvnoq hamshira” nominatsiyasiga tug‘ruq bo‘limi hamshirasi S.Ochilova, “Eng chaqqon hamshira” nominatsiyasiga terapiya bo‘limi hamshirasi E.Hudoyberdiyevalar munosib deb topildilar. 

A42b90a3 64f7 4576 b0a4 fbc82695a367

G‘olib va faol ishtirokchilar tuman tibbiyot birlashmasining diplom, faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan