“Eslaymiz va faxrlanamiz” xotira tadbiri

85a0dfda f276 4199 bda1 93f9a43f16b09-may “Xotira va qadirlash kuni” hamda II-jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g’alabaning 73-yilligi munosabati bilan Forish tuman Madaniyat bo’limi, Ichki ishlar bo’limi bilan hamkorlikda 59-umumta’lim maktabida 5-may kuni  “Eslaymiz va faxrlanamiz” nomli tadbir bo’lib o’tdi.

            Tadbirda Xonbandi mahallari mehnat faxriysi S.Xosilbekov va tuman ichki ishlar bo’lim boshlig’i o’rinbosari podpolkovnik Sh.Shunqorovlar so’zga chiqib har yili mamlakatimizda 9-may umumxalq bayram, xotira va qadirlash kuni sifatida keng nishonlanishi, ikkinchi jahon urushida fashizimga qarshi kurashishda hissa qo’shgan, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog’ida xalok bo’lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari xotirasini abadiylashtirish maqsadida qilinayotgan ishlar, hamda yoshlarga tinchlik degan bebaho ne’matning qadriga yetish, bugungi yaratilgan keng imkoniyatlar haqida gapirib berdilar.

Ed1520d1 d499 4f7e b40e 5db4ace948ea

D153e0f8 4531 4725 aec8 016abd414f5c

            Tadbirda 59-umumtalim maktabining faol yoshlari tomonidan “Xotira abadiy”, “Vatan ishqi” “Xalq bilan hamnafas bo’l”, “Vatan qadri”, “Xotira”, “Men nechun sevaman O’zbekistonni” kabi sherlar o’qildi, tinchlikni, Vatanni madh etuvchi qo’shiqlarga raqslar ijro etildi.

9f577e0c 58e3 4dca 99cb 1b3a8ab400dc

Da468445 ac1a 4485 9cb2 632dea0a817a

3a0178de 27b9 4ebc bc5e 39dc39ba0632

             Shuningdek tadbirda maktabning jonkuyar, yoshlarga o’zining bor bilimini, ta’lim-tarbiyasini bergan, hayotini maorif sohasiga bag’ishlagan ustozlar L.Sattorova, D.To’lanova, M.Ergashova, R.Pokatskayalar xotirlandi.

85a0dfda f276 4199 bda1 93f9a43f16b0

             Tadbir davomida madaniyat va aholi dam olish markazi xodimlari B.Ismoilov, X.To’laniy, Ya.Mirzayevlar tomonidan Vatanni, tinchlikni madh etuvchi qo’shiqlar kuylandi.

1f22344a 07f7 4697 9d89 d65fd1d2091e

B5b4fe7e b275 4ee5 b64c 66baacf3ba20

E2ba8f5d 8c60 424b acb4 8fbd83389496

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan