“Mardlik, burch va sadoqat” II-jahon urushi faxriylari bilan uchrashuv

7ab10b85 5dbe 4578 8aeb 5c96e41c5796Mamlakatimizda 9-may umumxalq bayrami-xotira va qadrlash kunini keng nishonlash, ikkinchi jahon urushida fashizmga qarshi kurashishga hissa qo‘shgan, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy hizmatchilar va xuquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining xotirasini abadiylashtirish, barcha faxriylarimizga hurmat ko‘rsatish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-aprelda  “Hotira va qadrlash kuni”ga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida qabul qilingan 3667-sonli qarori ijrosini ta’minlash va 9-may “Xotira  va qadrlash kuni” hamda, II-jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning  73 yilligi  munosabati bilan 2018-yil 6-may kuni tuman hokimligi, tuman Madaniyat bo‘limi, tuman tibbiyot birlashmasi va bir qancha tashkilotlar bilan birgalikda Nurak MFY Qoratosh qishlog‘ida yashovchi II-jahon urushi qatnashchilari Normuhammad  bobo Ayosov hamda Osmonsoy MFY Osmonsoy qishlog‘ida yashovchi Antar bobo O‘mirzoqov,

A41aa8c1 b4be 422f a06a 8f33ae81f4c8

 

9769cc53 32bd 411d 8bc5 bc32f414ccc5

Qoraobdol MFY Kattasoy qishlog‘ida yashovchi  Abil bobo Sharipovlar  honadoniga tashrif buyurdilar.

25f3109f 2e88 4c35 917c 5fd35aa5d300

9ee19baa c51e 4a15 89eb 01a7a880e17a

Uchrashuv tadbirida tuman hokimi A.Mustanov Normuhammad  bobo Ayosovga  va Antar bobo O‘mirzoqovga, Abil bobo Sharipovga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 9-may “Hotira va qadrlash kuni” va II-jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 73 yilligiga bag‘ishlangan tabrigini o‘qib eshittirdi. Urush qatnashchilariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan har bir urush faxriylariga ajratilgan 5 mln so‘mdan bir martalik pul mukofoti va esdalik sovg‘alar shuningdek, viloyat hokimligi, tuman hokimligi, O‘zbekiston faxriylarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash  “Nuroniy” jamg‘armasi, “Mahalla” hayriya jamoat fondi tomonidan ajratilgan sovg‘alar urush faxriylariga topshirildi. Bunday g‘amxo‘rlik va e’tibordan ruhlangan urush qatnashchilari urush yillarida boshidan o‘tkazigan suronli yillarni ko‘zida yosh bilan yig‘ilganlarga so‘zlab berdi. Qo‘llarni duoga ochib ko‘rsatayotgan e’tibor va g‘amxo‘rliklari uchun  yurtboshimizga va xalqimizga minnatdorchilik izhor etib, yurtimizga tinchlik omonlik tiladilar.

716e046e 9e90 4850 bbc1 1cffb724879b

O‘tkazilgan uchrashuv tadbirlarida madaniyat bo‘limi badiiy tashviqot  guruhi a’zolari S.Ibragimov, L.Nurqulov, L.Hakimova, R.Toshpo‘latova, M.Ahmedov, A.Qozoqov, X.Temirov, A.Soibov, E.Suyarovlar tomonidan II-jahon urushi yillarida ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar va kompazitsiyalar ijro etildi, hamda o‘zbek xalq qo‘shiqlaridan tuzilgan konsert dasturi namoyish etildi.

A0a06cd7 7563 4c31 aa7f 0f849e7ab70b

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan