Xonbandi mahallasida madaniy tadbirlar

4e47a9b1 2b71 416e baa5 000415fb7914O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  “Obod qishloq  dasturi to‘g‘risida”gi  5386-sonli  farmoni va “Obod qishloq dasturini 2018-yilda amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Jizzax viloyati Forish tumani Xonbandi mahallasida  “Obod qishloq” dasturi doirasida keng ko‘lamli ishlari boshlab yuborilgan. O‘z diyorini obod maskanga aylantirishda ko‘maklashayotgan qurilish va ta’mirlash ishlarida qatnashayotgan hasharchilarimiz, ayni paytda olib borilayotgan  mana shunday qurilish va ta’mirlash ishlarida o‘zlarining munosib hissasini qo‘shayotgan barcha hamyurtlarimizning madaniy xordiq olishlari uchun poytaxtimiz Toshkentdan tashrif buyurgan O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi qoshidagi ashula va raqs ansamblining konsert dasturi namoyish etildi. 

F149d302 3a87 4a30 9f79 205a13dd50e6

E3710021 49f3 4566 9b2a a8bb7dd004ba

F73cf000 f3ec 4a1e 8d87 32e8ddb2ba8c

190e19d1 247b 4f1d a5f8 db038a54d996

Konsert dasturlarida Ichki ishlar vazirligi qoshidagi ashula va raqs ansamblining xonandalari U.Tillayev, Komiljon Otaniyozov ko’rik-tanlovining g’olibi O’.Ahmedov, Nihol mukofoti sovrindori F.Hamdamov, Sh.Bekmurodov, Z.To’ychiyev, N.Shukrullayev, D.Boyxonov, A.Zokirov, Sh.Hamdamov, F.Fazliddinovlar tomonidan ona Vatanni madh etuvchi, tinchlikni tarannum etuvchi kuy va qo’shiqlar, shuningdek yurtimiz bo’ylab nishonlanayotgan 9-may “Xotira va qadrlash kuni” hamda II-jahon urushida qozonilgan g’alabaning 73 yilligiga bag’ishlangan kompozitsiyalar ham yig’ilgan tomoshabinlarga ijro etildi.

4ff03f38 2861 4617 90d9 42b6f0bb4b74

Adcc0f04 64e9 4462 bc45 57e691e2842a

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan