2018-yil 16-may kuni Forish madaniyat va aholi dam olish markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yosh iste’dodlar uchun ta’sis etgan “Nihol” mukofotining joylardan tanlangan va tuman bosqichiga yo‘llanma olgan nomzodlar ishtirokida tuman bosqichi o‘tkazildi.
Tanlovda to‘rtta nominatsiya mumtoz qo‘shiq, estrada, raqs va musiqa ijrochiligi bo‘yicha 17 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan jami 25 nafar iste’dodli yoshlar o‘z san’atini namoyish etdilar.
Tanlov hakamlar xay’atining qaroriga ko‘ra mumtoz qo‘shiq ijrochiligi bo‘yicha “Dutorim” qo‘shig‘i ijrochisi Ahmedov Mirkomil, “Etmasmidim” qo‘shig‘i ijrochisi Keldiyorov Hamid, musiqa ijrochiligi bo‘yicha “Dutor nashidasi” kuyi ijrochisi Dostonova Muqaddam va “Buhoro mavrigisi” kuyi ijrochisi Akramov G‘olib, raqs ijrochiligi bo‘yicha “Nozligim” raqsi ijrochisi Mamadiyorova Asal, “Xayoli qiz” raqsi ijrochisi Adilova Albina, “Tumor”raqsi ijrochisi Haydarova Zuhra hamda “Mustahzod” raqsi ijrochisi Yulduz Rajabovalar g‘olib deb topilib, viloyat bosqichiga yo‘llanma berildi.
Tanlovning tuman bosqichida opera ijrochiligi bo‘yicha ishtirokchilar ro‘yxatga olinmadi, shuningdek mumtoz qo‘shiq ijrochiligi bo‘yicha G‘iyosova Shohsanam, Sarabekova Marjona, estrada ijrochiligi bo‘yicha Naimova Asila, raqs ijrochiligi bo‘yicha Kamolova Sultonbeka, Asqarova Nafosat, Abdullayeva Yulduz, Iroda Yusupovalarga tanlovdagi faol ishtiroki uchun tuman Madaniyat bo‘limining faxriy yorliqlari topshirildi.
Tanlovning viloyat bosqichiga yo‘llnma olgan ishtirokchilarga Madaniyat bo‘limining diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.