Forish tumanida 1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlab o‘tkaziladigan “Barkamol avlod-Vatan tayanchi” shiori ostidagi
“Yoz o‘tsin soz” festivalining
NIZOMI.
I.UMUMIY QOIDALAR:
1.Mazkur Nizom (keyingi o‘rinlarda festival deb yuritiladi) festivalning o‘tkazilish tartibi, muddati va ishtirokchilarga qo‘yilgan talablar va g‘oliblarni taqdirlash tartibini belgilaydi.
2.Forish tumani Madaniyat bo‘limi-madaniyat va aholi dam olish markazi festivalning asosiy tashkilotchisi hisoblanadi.
3.Festival doirasida “Yosh rassomlar” ko‘rik-tanlovi, hunarmandchilik, amaliy san’at namunalari, innovatsion, mexanizatsiyalashtirilgan ishlanmalar (o‘z g‘oyalaridan kelib chiqqan holda ishlangan va yasalgan zamonaviy mexanizatsiyalashtirilgan qurilmalar) ko‘rgazmalari va maktablar, maktabgacha ta’lim muassasalarining bayram dasturlari tashkil etiladi va o‘tkaziladi.
4.Festivalda tumandagi barcha umumta’lim maktablarining o‘quvchilari va maktabgacha ta’lim muassasalarning tarbiyalanuvchilari ishtirok etadi.
II.FYESTIVALNING MAQSAD VA VAZIFALARI.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi Davlat dasturining IV-yo‘nalishi, 2018-yil “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda 1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kunini tumanda keng nishonlash shuningdek, ma’naviy yetuk, har tomonlama uyg‘un va barkamol rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, intellektual salohiyatga, chuqur bilim va zamonaviy dunyoqarashga ega, Vatanimizning taqdiri va kelajagi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir bo‘lgan yosh avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish, qo‘shiqchilik, raqs san’ati va sozandalik, rassomchilik san’ati, hunarmandchilik va amaliy san’atiga mehr uyg‘otish hamda yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularni san’atga bo‘lgan qiziqishlarini kuchaytirish, madaniyat va aholi dam olish markaziga jalb qilish, iqtidorli, iste’dodli yoshlarni kashf qilish va ularning ijodini keng targ‘ib qilish.
III.FYESTIVALNI O‘TKAZISH YO‘NALISHLARI:
“YOSH RASSOMLAR” ko‘rik-tanlovi:
“Yosh rassomlar” ko‘rik-tanlovida maktablarning 5-10-sinf o‘quvchilari ishtirok etadi. Tanlov ikki yo‘nalishda o‘tkaziladi.(Ishtirokchilar uyga vazifa, tanlov jarayonida qog‘ozga plakat usulida rasm chizish hamda erkin mavzuda asfaltga kompazitsiya yaratishlari talab etiladi. G‘oliblar quyidagi 3ta shart asosida aniqlanadi)
– Uyga vazifa: qog‘ozga plakat usulida “Olam mening tasavvurimda”, “So‘lim tabiat” mavzularida rasm chizish. Ishtirokchilar tanlov o‘tish kuniga qadar har ikkala mavzuda chizgan rasmlarini tayyor xolda olib keladi.
– Qog‘ozga plakat usulida “Yurtimda bayram” mavzusida rasm chizish.
Bu yo‘nalishda ishtirokchilar berilgan mavzuda o‘z tasavvurlaridan kelib chiqib tanlov o‘tish jarayonida rasm chizishlari talab etiladi.
– Erkin mavzuda asfaltga kompazitsiya yaratish. Bu yo‘nalishda ishtirokchilar o‘zlari hohlagan mavzuda rasm chizishlari talab etiladi.
(“Yosh rassomlar” ko‘rik-tanlovida ishtirok etadigan ishtirokchilar o‘zlari bilan bor, A3 hajmdagi qog‘oz, qora qalam, o‘chirgich, rangli qalam, rangli bo‘yoqlar olib kelishlari lozim. Ishtirokchilar tayyor rasmlari va tanlov o‘tish jarayonida chizgan rasmlarining orqa qismiga aniq manzili ko‘rsatilmagan xolda faqat ismi familyasining bosh harflari ko‘rsatilgan holda taqdim etadilar).
“IJODKOR BOLAJONLAR” ko‘rik-tanlovi:
“Ijodkor bolajonlar” ko‘rik-tanlovida har bir maktabdan hunarmandchilik, amaliy san’at, texnika va texnalogiyalarga qiziquvchi o‘quvchilar tomonidan yaratilgan qo‘l mehnatiga hos namunalar, asarlar, innovatsion mexanizatsiyalashtirilgan ishlanmalar (o‘z g‘oyalaridan kelib chiqqan holda ishlangan va yasalgan zamonaviy mexanizatsiyalashtirilgan qurilmalar) ko‘rgazmasining namoyishi tashkil etiladi. Ko‘rgazma uchun har bir maktabga alohida joylar ajratib beriladi. Ko‘ragzamada namoyish etilgan har bir ijodiy ishlar hakamlar hay’ati tomonidan baholanadi.
“SAN’ATSYEVAR BOLAJONLAR” maktablar va maktabgacha ta’lim muassasalarining bayram dasturi:
“San’atsevar bolajonlar” nomli bayram dasturida har bir maktabning badiiy jamoasi o‘zlarining 1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan 5 daqiqalik (belgilangan vaqtga qat’iy rioya qilinishi shart) bayram dasturini tayyorlab keladilar.
Dasturda bolalarga mos bo‘lgan qo‘shiq, she’r, raqslardan foydalanish shart.
(Bayram konsert dasturini ketma-ketligini ta’minlash va konsert saviyasini mukammal bo‘lishi uchun ijro etiladigan raqs kuylari, qo‘shiqlarning fonogrammasi oldindan madaniyat markazi festival tashkilotchilariga yetkazilishi shart)
III. FYESTIVALGA TAQDIM ETILADIGAN XUJJATLAR:
Festival doirasida o‘tkaziladigan “Yosh rassomlar” va “Ijodkor bolajonlar” ko‘rik-tanlovlarida ishtirok etish istagini bildirgan ishtirokchilarning tegishli xujjatlari tuman madaniyat va aholi dam olish markazida qabul qilinadi. Ishtirokchilar tomonidan quyidagi xujjatlar taqdim etiladi:
- a) guvohnoma nusxasi
- b) 3×4 o‘lchamdagi rasm
IV.FYESTIVALNING HAKAMLAR HAY’ATI VA BAHOLASH MYEZONLARI.
Festival yo‘nalishlari bo‘yicha ijodkor va malakali mutaxassislarlardan hakamlar xay’ati tashkil etiladi. Hakamlar xay’ati qarori qat’iy va o‘zgartirilmaydi, ijodiy ishlar qayta ko‘rib chiqilmaydi va e’tirozlar qabul qilinmaydi.
V.FYESTIVAL G‘OLIBLARINI TAQDIRLASH.
G‘oliblar hakamlar xay’atining qaroriga ko‘ra yo‘nalishlar bo‘yicha nominatsiyalar bilan shuningdek homiylarning esdalik sovg‘alari, tanlov tashkilotchilarining diplom va faxriy yorliqlari bilan taqdirlanadilar. Festival g‘oliblari va ishtirokchilarning faoliyati tuman ro‘znomasida va Madaniyat bo‘limining ijtimoiy tarmoqlardagi http://culture.zn.uz saytida va telegramdagi @ForishTv kanalida orqali keng jamoatchilikka targ‘ib qilinadi. Festival tuman madaniyat va aholi dam olish markazida o‘tkaziladi.