Bolalarga bering dunyoni

         55dca1fd 7209 45ef 815a 6fbd7f3e7c7a   Forish tumani madaniyat va aholi dam olish markazida 29-may kuni Madaniyat bo’limi va O’zbekiston yoshlar ittifoqi Forish tuman Kengashi bilan hamkorlikda 1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag’ishlangan “Bolalarga bering dunyoni” nomli tadbir bo’lib o’tdi.

E2b35e68 a76b 4c17 a779 95f35a2baffc

F91960a7 14fb 43ff 886e 3f32477a1037

0f9815e2 c791 47a0 9613 008ec013e2d0

            Tadbirda madaniyat va aholi dam olish markazi qoshida tashkil etilgan “Kichkintoy” xalq xavaskorlik qo’g’irchoq teatri tomonidan o’zbek xalq ertaklaridan “Ur to’qmoq” spektakli namoyish etildi. Spektaklda yaxshilik, ezgulik hamisha yomonlik ustidan g’alaba qozonishi, birovning haqqiga hiyonat qilmaslik kabi g’oyalar ilgari surilgan.

5e45ca53 c39c 4aec b913 539c1dfd72f6

Tadbir davomida qiziqarli chiqishlar, turli viktarina o’yinlari tashkil etildi, shuningdek tadbirda faol ishtirok etgan o’quvchilar D.Tursunboyeva, R.Qurasheva, J.Keldibekov, G.Boboxonova, Sh.Bozorova, S.Burxonovlarga hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlariga Yoshlar ittifoqining faxriy yorliq va esdalik sovg’alari topshirildi.

C94e8943 0d6e 445c 8577 04b5871b8a2c

            Tadbirda 250 dan ortiq umumta’lim maktablarining o’quvchi yoshlari ishtirok etdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan