“Yoz o‘tsin soz” festivali bo’lib o’tdi

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi Davlat dasturining  IV-yo‘nalishi ijrosini ta’minlash  hamda  2018-yil “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab quvvatlash yili” munosabati bilan 1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kunini tumanda keng nishonlash shuningdek, ma’naviy yetuk, har tomonlama uyg‘un va barkamol rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, intellektual salohiyatga, chuqur bilim va zamonaviy dunyoqarashga ega, Vatanimizning taqdiri va kelajagi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir bo‘lgan yosh avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish,  qo‘shiqchilik, raqs san’ati va sozandalik, rassomchilik san’ati, hunarmandchilik va amaliy san’atiga  mehr uyg‘otish hamda yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularni san’atga bo‘lgan qiziqishlarini  kuchaytirish, madaniyat va aholi dam olish markaziga jalb qilish, iqtidorli, iste’dodli yoshlarni kashf qilish va ularning ijodini keng targ‘ib  qilish maqsadida,

A050c0b2 9603 4829 8957 f5dfbf3edc94

Dd5aa8d1 b001 441e 8b5c 70f9fe6be199

058d96d7 eac5 49ef afda d90346fe6fad

2018-yil 1-iyun kuni Forish tuman Madaniyat bo‘limi tashabbusi bilan, tuman hokimligi, xalq ta’limi bo‘limi, maktabgacha ta’lim bo‘limi, ta’lim, fan va madaniyat xodimlari Kasaba uyushmasi tuman Kengashi, “Mahalla” hayriya jamoat fondi tuman bo‘limi, tuman Adliya bo‘limi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tuman kengashi, tuman bolalar va o‘smirlar sport maktabi, 18-son bolalar va musiqa san’at maktabi, “Barkamol avlod” bolalar  markazi birgalikda madaniyat va  aholi dam olish markazida  Barkamol avlod-Vatan tayanchi!”, “Har bir bolaga mehr, e’tibor!”, “Mening xuquqim-baxtli bolaligim” shiorlari ostida “Yoz o‘tsin soz” festivali hamda “Kitoblar bayrami” yuqori saviyada o‘tkazildi. Festivalda  tuman hokimi Abduvali Mustanov tabrik so‘ziga chiqib, yig‘ilganlarni, bolalarni bayram bilan qizg‘in muborakbod etdi.

5f37c399 4c83 4c41 863c 183bc692237e

Festival doirasida Yosh rassomlar”, “San’atsevar bolajonlar” ko‘rik-tanlovi, “Iste’dodli bolajonlar” hunramadchilik va amaliy san’at ko‘rgazmasi tashkil etildi va o‘tkazildi. Festival doirasida o‘tkazilgan “Yosh rassomlar” ko‘rik-tanlovi ikki yo‘nalishda jumladan: “So‘lim tabiat”, “Olam mening tassavurimda”,  “Yurtimda bayram” mavzularida qog‘ozga plakat usulida va erkin mavzuda asfaltga rasm chizish bo‘yicha tashkil etildi.

B8ada12e d95f 478f 996e 82701eb8db9f

Tanlovga tumandagi 5-6-7-8-12-15-17-28-30-47-55-son maktablarning 5-10-sinf o‘quvchilaridan 30 nafari ijodiy ishlari bilan qatnashdilar.  Festival doirasida o‘tkazilgan “Ijodkor bolajonlar” ko‘rik-tanlovida tumandagi  1-2-5-55-son maktablardan 6 nafar o‘quvchilarning  hunarmandchilik,  qo‘l mehnatiga hos namunalar, amaliy san’at asarlar ko‘rgazmasi namoyish etildi.  Shuningdek festival doirasida o‘tkazilgan  “San’atsevar bolajonlar” bayram dasturida 1-2-3-4-5-maktabgacha ta’lim muassasalari va 1-5-12-17-27-33-55-son maktablarning 1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan  qo‘shiq, raqslardan tuzilgan 50 nafarga yaqin tarbiyalanuvchi va o‘quvchilarning bayram dasturlari namoyish etildi.

Festivalning hakamlar hay’ati qaroriga ko‘ra:

“Yosh rassosmlar” ko‘rik-tanlovida  12-maktab o‘quvchisi Shuxratov Axliddin 1-o‘rinni, 5-maktab o‘quvchisi Usmonova Diyora 2-o‘rinni, 8-maktab o‘quvchisi To‘ymatov Umid 3-o‘rinni qo‘lga kiritdilar va festival tashkilotchilarining diplomi va homiylarning sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

4e86970f 4065 49ee 8b3a 6555881e133e

7a20c39e 4ece 4553 9ead 7a06cb3cff67

  “Ijodkor bolajonlar” ko‘rik-tanlovining  hunarmandchilik  qo‘l mehnati va amaliy san’at yo‘nalishi bo‘yicha  55-maktab o‘quvchisi Nurullayeva Sevinch 1-o‘rinni, 5-maktab o‘quvchisi Xudoyberdiyeva Ruxsora 2-o‘rinni, 1-maktab o‘quvchisi Nasibbekova Zarina 1-o‘ringa ega bo‘ldilar va festival tashkilotchilarining diplomi va homiylarning sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

67ea7c28 5c25 4cc5 8854 c7afd23944d8

95e2c028 b99e 4cb7 b6b5 6312ca7d96f3

    “Ijodkor bolajonlar” ko‘rik-tanlovining haykaltaroshlik yo‘nalishida 2-maktabning o‘quvchisi Tillabekov Sarvar 1-o‘ringa munosib topilib, festival tashkilotchilarining diplomi, homiylarning sovg‘alari bilan taqdirlandi.

“San’atsevar bolajonlar” bayram dasturida esa “Eng chiroyli  saxna libosi”  nominatsiyasi bilan 1-son “G‘uncha” maktabgacha ta’lim muassasasi jamoasi “Eng yaxshi badiiy jamoa” nominatsiyasi bilan  5-son “Lola” maktabgacha ta’lim muassasasi badiiy jamoasi, “Eng quvnoq jamoa” nominatsiyasi bilan 3-son “Binafsha” maktabgacha ta’lim muassasasi jamoasi va 1-5-12-17-27-33-55-son umumta’lim maktablarining jamoalari festiva tashkilotchilarining faxriy yorliqlari, homiylarning sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

5fd7aa3d 9a59 49c0 8924 f943d1410106

750e03b3 8aad 4328 b35d 5365851d727d

Shuningdek festival davomida madaniyat va aholi dam olish markazida tashkil etilgan badiiy xavaskorlik to‘garaklaridan “Bolalar estrada qo‘shiqchiligi”, “Kattalar va bolalalar raqsi”, “Bolalar qo‘shiqchiligi” to‘garaklari, “Shodiyona” raqs guruxi hamda 18-son bolalar musiqa va san’at maktabi o‘quvchilari tomonidan katta bayram dasturlari namoyish etilgan bo‘lsa, tuman Adliya bo‘limi bilan birgalikda qiziqarli savol-javoblar orqali bolalarning xuquqiy savodhonligi sinovdan o‘tkazildi hamda bolalar o‘rtasida tuman Bolalar va o‘smirlar sport maktabi tomonidan yugurish marafoni sport musobaqasi ham tashkil etildi. Tumandagi ko‘zi ojizlar kutubxonasi, ARM va barcha kutubxonalar tomonidan 1-iyun xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan mavzulardagi kitob ko‘rgazmalari tashkil etildi.

Ea179f3d fcd3 43e9 afa8 836808f094c0

 

Ad240e9c cef3 4f55 ba34 d3c4d3121941

5f5f6b19 7643 4225 b299 66c6af6625ce

Festivalga 170 nafardan ortiq yosh ishtirokchilar jalb etilib,  400 nafarga yaqin tomoshabinlarning ishtiroki ta’minlandi.

7efe1a4a e71c 4a71 ad63 516df4b3a426

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan