Barcha yoshlar – e’tiborimizda

78250c57 5694 4cef a133 1c64c00ab95d        Jizzax viloyati Forish tumanida  2018-yil 13-iyun kuni  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi  PF-5106-son Faromoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-oktyabrdagi   №1214-son farmoyishiga asosan  madaniyat va aholi dam olish markazida O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining tuman kengashi qoshida  tashkil etilgan “Yoshlar markazi” da faoliyati yo‘lga qo‘yilgan to‘garak ishtirokchilarining “Barcha yoshlar – e’tiborimizda” nomli hisobot konserti o‘tkazildi. Tadbirda Respublika yoshlar markazi Jizzax viloyati bo‘linmasi direktori I.Umrzoqov va markaz kordinatori J.Davronovlar so‘zga chiqib, to‘garak ishtirokchilarini tadbir bilan qizg‘in tabrikladilar. 

F7d39dee f3b9 46a5 b903 b2fb99fd6921

7f93911f cb44 4456 8aeb f6c88954a63c

A9499571 414e 45ec 8b10 764cc4f65246

     Xisobot konsertida madaniyat va aholi dam olish markazida faoliyat olib borayotgan “Kichkintoy” xalq xavaskorlik qo‘g‘irchoq teatrining chiqishlari hamda  “Yoshlar markazi”da faoliyat olib borilayotgan “Pazandachilik”, “Yosh ijodkorlar”, “Ingliz tili”, “Tikuvchilik”, “Yosh adabiyotshunoslar”, “An’anaviy xonandalik” to‘garaklar ishtirokchilarining xisobot konsertiga tayyorlagan qo‘shiq va raqslar, to‘garaklarning bugungi kunda qiynayotgan va javobi topilmayotgan muammolarini xajviy saxna ko‘rinishlari orqali olib chiqib namoyish etdilar. Shuningdek rassomchilik, tikuvchilik va qo‘l mehnati, pazandachilik san’atidan o‘quvchilar ijodiga oid ko‘rgazmalar tashkil etildi.

C06ec91b 6130 4909 89c5 180c2572ce32

0892dbae f147 42a2 a740 32ebd6723595

     Tadbir yakunida xisobot konsertida faol ishtirok etgan o‘quvchilarga va to‘garaklar rahbarlariga hamda tadbirni tashkil etishda o‘quvchilarning badiiy chiqishlarida yaqindan yordam bergan tuman Madaniyat bo‘limi hodimlariga Respublka yoshlar markazi Jizzax viloyati bo‘linmasi tomonidan faxriy yorliq  va esdalik sovg‘alari topshirildi. Tadbir tomoshasiga ota-onalar va 200 nafarga yaqin yoshlar jalb etildi.

Af5057a1 3278 46a1 becd 867e9747ede69853f32a 57ee 41af b557 28f7c733ad58

 

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan