“Yoshlar kelajak bunyodkori” yoshlar festivali davom etmoqda

D097ef63 c9eb 48aa abaa d9ecf93bfab0         Jizzax viloyati Forish tumanida 2018 yil 14-iyun kuni Yoshlar masalalari bo‘yicha respublika idoralararo kengashining “Yoshlar-kelajak bunyodkori!” shiori ostida “Yoshlar festivallari”ni tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida 2018 yil  8 fevraldagi 4-sonli majlis bayoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslaxatchisining   2018 yil 19 fevraldagi  2632-xx-sonli topshirig‘i, O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirligining 2018 yil 21 fevraldagi 107-sonli, madaniyat boshqarmasining  2018 yil  15 martdagi 45-sonli buyruqlari ijrosini ta’minlash maqsadida 30 iyun “Yoshlar kuni” munosabati bilan tumandagi barcha maxalla fuqarolar yig‘inida yoshlar sayillarini o‘tkazish bo‘yicha tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasiga asosan Forish tuman Ilonli mahalla  fuqarolar yig‘inidagi 75-maktabda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tuman Kengashi bilan hamkorlikda “Yoshlar kelajak bunyodkori” shiori ostida yoshlar sayllari o‘tkazildi. Tadbirda tuman prokurori yordamchisi A.Abdunabiyev va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tuman Kengashi raisi Sh.Qodirovlar so’zga chiqib ishtirokchilarni bayram bilan muborakbod etdi.  

         Yoshlar o’rtasida o’tkazilgan mazkur sayilda “Kitobxonlik viktorinalari” kitob yarmarkalari,

29198a8c 74da 43a7 a3b3 b0832a279d56

yoshlar bandligini ta’minlash maqsadida “Bo’sh ish o’rinlari  yarmarkalari”, yosh ijodkorlar tomonidan “Nazm vam navo”, “Dunyo raqslari” ko‘rik-tanlovlari , 

001d567d 051b 449c a134 50014df37fed

“Men va yoshlar ittifoqi” aksiyasi doirasida “Biz sog‘lom turmush tarafdorimiz” shiori ostida sportning shaxmat-shashka turi bo‘yicha sport musobaqalari,

E06fc3dc 4b44 406f ad12 f4ba0d34f74a

“Yoshlar sayillari” doirasida kurash  “Milliy o‘yinlar” sport festivallari  bo‘lib o‘tdi.

701d7aa8 f131 478d 8a77 b49a7964c2a2

Sayilda qatnashgan va g‘olib bo‘lgan ishtirokchilarning barchasiga tadbir tashkiliy qo‘mitasining  diplom , faxriy yorliq  va esdalik sovg‘alari topshirildi. Tadbirda tuman madaniyat bo‘limi tomonidan konsert dasturi namoyish etildi. Yoshlar saylida  250 nafarga yaqin yoshlarning ishtiroki ta’minlandi.

4d81ef59 ae92 4bc4 8191 82357cb767a0

46e1a150 fef6 4ecd 846b a5140c9fbb50

11bf34cc 6305 43c9 a49b 3255f554ae28

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan