“Yoshlar – O‘zbekiston kelajagi” shiori ostida nishonlangan yoshlar festivali

06ac618b 1c73 4971 beb7 0f88dbcbb44730-iyun “Yoshlar kuni” ni keng nishonlash yuzasidan viloyat hokimligining 2018-yil 18-iyundagi 01-1273-sonli kompleks chora-tadbirlar rejasi ijrosini ta’minlash maqsadida 2018-yil 29-iyun kuni madaniyat va aholi dam olish markazida tuman hokimligi, tuman Madaniyat bo‘limi, xalq ta’limi bo‘limi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tuman kengashi va bir qancha tashkilotlar bilan hamkorlikda  tumanda “Yoshlar-O‘zbekiston kelajagi” shiori ostida yoshlar festivali yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi.
Chorlov musiqasi yangrab saxnaga O‘zbekiston yoshlar ittifoqi yoshlarining saf tortib kirib kelishi bilan tantanali bayram tadbiri boshlandi.

32d92ead 2f52 4cf4 9f7c c25741c07051

So‘z Forish tumani hokimi Mustanov Abdivali Mustanovichga berildi. Tuman hokimi barcha yoshlarni “Yoshlar kuni” bilan qizg‘in muborakbod etib O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yoshlarga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi.

00bb469e 11cd 40ae 8211 548945760fc5

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tuman Kengashi raisi Sh.Qodirov ham tabrik so‘ziga chiqib yig‘ilganlarni, yoshlarni ilk marotaba nishonlanayotgan “Yoshlar kuni” bilan tabrikladi va yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda tadbirlarni o‘tkazishda yaqindan ko‘mak berayotgan tuman tashkilotlari hamda faol yoshlarga, yetakchilarga  O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tuman kengashining tashakkurnoma, faxriy yorliq va esdalik sovg‘alarini topshirdi.

90c9916a 246d 43fb 8471 da72a0adc05a

Shundan so‘ng asosiy bayram badiiy qismi boshlandi. Bayram konsert dasturida tuman madaniyat bo‘limi xavaskor qo‘shiqchilari, 

9543cc9b fabe 4eda bc41 8d142716fa42

3d377bf2 7a2b 458b 957a 807d474b96f6

A.Keldiyev, B.Usmonov, A.Qozoqov, S.Ibragimov, B.Ismoilov, Sh.Darhonov, M.Ahmedov, L.Hakimovalar, shuningdek 18-son bolalar musiqa va san’at maktabi o‘quvchilari va

Fe4975f5 d367 4007 8291 e47a5b26a331

40639a19 9d54 419a a928 c5bd21a9e8c5

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tuman kengashi tasarrufidagi “Yoshlar markazi” o‘quvchilari ijrosidagi Ona Vatanni, tinchlikni, yoshlikni, do‘stlikni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiq, raqslardan tuzilgan kompazitsiyalari namoyish etildi. Yoshlar festivali haqiqiy tom ma’noda, barchaning  hotirasida saqlanib qoladigan, kelgusida yoshlarni yangi marralarni zabt etishga chorlaydigan haqiqiy bayram tarzida nishonlandi.

D40ef811 f2ec 4edb a5e9 9974409ec1fd

9022bcc2 378e 46d4 8c88 c33797421ea7

5d9ac177 8296 44d5 a429 18795f985fa6

Tadbir davomida 1-maktab ARM tomonidan “Yoshlar kelajak poydevori” mavzusida ko‘chma kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi. Bayram tomoshasiga 600 nafardan ortiq tuman aholisi, uyushmagan yoshlar jalb etildi.

347676f4 ff66 41db a210 769ebad89c52

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan