Jizzax viloyat hokimining 2018-yil 20-iyundagi 01-1299-sonli tadbirlar rejasi hamda viloyat madaniyat boshqarmasining 2018 yil 20-maydagi tasdiqlangan Nizom asosidagi “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” hamda O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 27 yilligiga bag‘ishlangan badiiy havaskorlik jamoalari ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichida Forish tuman badiiy jamoasi muvafaqqiyatli ishtirok etdi. Badiiy jamoa tanlovda nizom asosidagi jami 16 ta janr bo‘yicha tayyorlagan quyidagi badiiy chiqishlar, ya’ni
“Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”ga bag‘ishlangan sahna ko‘rinishi hamda unib-o‘sib kelayotgan yosh avlod qalbiga bu olamda tengsiz va yagona bo‘lgan ona yurtimiz O‘zbekistonni madh etuvchi jamoa ijrosidagi “Istiqlol” qo‘shig‘i;
Ansamblning sozandalari ijrosidagi “Nazzora qil” kuyi;
Yalla ijrochiligi bo‘yicha Sayyora To‘ychiyeva so‘zi, Yusuf Temirov musiqasi bilan Bahrom Usmonov ijrosidagi “Alishmayman” qo‘shig‘i,
Hududga xos alla ijrochiligi bo‘yicha Rahmatulla Sarimsoqov so‘zi va ohangi bilan Qo‘lba mahallasidan nafaqadagi ansambl havaskori Nodira Botirova ijrosidagi alla;
Ommaviy raqs ijrochiligi bo‘yicha “Tog‘ shalolasi” ashula va raqs xalq ansambli qoshida havaskorlardan tuzilgan raqqossa qizlar guruxi ijrosidagi “Hilol” raqsi;
Yakka ashula ijrochiligi bo‘yicha xalq so‘zi va musiqasi bilan Nargiz Xudoynazarova ijrosidagi “Yo‘l bo‘lsin” ashulasi;
Yakkar raqs ijrochiligi bo‘yicha Ergash Kamolov mahallasidan ansambl havaskori Sarvinoz Rahimova ijrosidagi “Nozligim” raqsi;
Yakka sozanda ijrosidagi kuy ijrochiligi bo‘yicha Xurshida Inomova ijrosidagi “Sharqona navo” (qonun sozi bilan ijro etilgan) kuyi;
Estrada qo‘shiq ijrochiligi bo‘yicha Maxmud Toir so‘zi, Bahrullo Lutfullayev musiqasi bilan Bog‘don mahallasidan ansambl havaskori Sanjar Keldiyev ijrosidagi “Jonim Vatan” qo‘shig‘i;
Duet qo‘shiq ijrochiligi bo‘yicha Barat Isroilov so‘zi, Payziqul Zokirov musiqasi bilan Atham Qozoqov va Nurak mahallasidan ansambl havaskori Shoxsanam G‘iyosovalar ijrosidagi “Cho‘pon yigit va qiz” duet qo‘shig‘i;
Lapar ijrochiligi bo‘yicha xalq so‘zi va musiqasi bilan Xulkar Hasanova ijrosidagi “Shoda-shoda marvarid” lapari;
Qiziqchilik ijrochiligi bo‘yicha Shohrux Safaraliyev ijrosidagi tumanga xos “Forish hangomalari” qiziqchiligi;
Folklor jamoasi bo‘yicha “Bog‘don gullari” folklor etnografik xalq ansambli ijrosidagi tuman hududiga hos “Urug‘ qadash” marosimi;
Askiya ijrochiligi bo‘yicha maxallalardagi qiziquvchi xavaskorlardan tuzilgan askiyachilar guruxi tomonidan ijro etilgan “Bog‘dorchilik payrovlari” askiya hangomalari;
Maqom ijrochiligi bo‘yicha “Tog‘ shalolasi” ashula va raqs xalq ansambli maqomchilar jamoasi ijrosidagi Buzruk maqomidan “Qashqarchai rok” maqomi;
Hamda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 27 yilligiga bag‘ishlangan Bahrullo Lutfullayev musiqasi bilan Suhrob Ibragimov va Lobar Hakimovalar ijrosidagi “Muqaddas Vatan bo‘ldik!” kompazitsiyalari tanlov hakamlar hay’atiga namoyish etilib, hakamlar hay’ati tomonidan yuqori baholandi. Tanlov yakunida hakamlar hay’ati qaroriga ko‘ra tuman badiiy jamoasi 788 ball bilan tumanlar ichida faxrli birinchi o‘rinni egalladi.
“Фаол тадбиркорлик, инновацион ғоялар ва технологияларни қўллаб-қувватлаш йили” ҳамда Ўзбекистон Республикаси Мустақиллигининг 27 йиллигига бағишланган вилоят бадиий ҳаваскорлик жамоаларининг кўрик-танлови
иштирокчиларининг ижодий чиқишларини
УМУМИЙ БАҲОЛАШ ВАРАҚАСИ
Natijalar: Jizzax viloyati madaniyat boshqarmasi rasmiy veb saytidan keltirilgan