Matlubotchi bolalar oromgohida «Yozni biz bilan» loyihasi

Ca8311ef 473d 4406 bae3 bb00d22e0b5c     Forish tumani madaniyat bo‘limining tadbirlar rejasiga asosan o‘quvchi yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida 2018-yil 3-iyul kuni Kattabog‘don qishlog‘ida  joylashgan “Matlubotchi” yozgi bolalar dam olish oromgohida “Yozni biz bilan” loyihasi doirasida Forish madaniyat va aholi dam olish markazida faoliyat yuritayotgan “Kichkintoy” xalq xavaskorlik qo‘g‘irchoq teatri hamda  “Badiiy tashviqot” guruhi tomonidan madaniy tadbir tashkil etildi. 

Tadbir davomida oromgoh yoshlaridan tashkil etilgan “O‘zbekiston yoshlari” va “Mars” jamoalarining maktabda olgan bilimlari, chaqqonliklari va san’atga bo‘lgan qiziqishlari sinovdan o‘tkazilib, uchta shart bo‘yicha bellashdilar.

B3839709 e24b 409b 9aee 1cc55dd5cd16

4a6189f9 b6b0 4ced ab3c 81d45c0c73bc

B8180e11 441d 4a87 9de7 c4da665948b1

Bellashuv natijasiga ko‘ra “O‘zbekiston yoshlari” jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi. Jamoalarga madaniyat bo‘limi tomonidan o‘quv qurollari sovg‘a sifatida topshirildi. Tadbir davomida markaz badiiy tashviqot guruhi a’zolari  Ismoilov Bahrom, Ahmedov Mirkomil, Lobar Hakimova, Shoxruh Safaraliyevlar tomonidan  qo‘g‘irchoq teatri tomoshalari va kuy-qo‘shiqlar ijro etilib, bolalarga a’lo kayfiyat ulashdilar. Tadbirga oromgohda dam olayotgan 70 nafarga yaqin o‘quvchilar jalb etildi.

5c29061a f948 42b6 8064 34c2b22166e5

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan