O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2018 yil 11 iyundagi “Yagonasan, muqaddas Vatan!” Respublika ko‘rik-tanloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi 383-sonli hamda madaniyat boshqarmasining 2018 yil 28 iyundagi 130-sonli buyrug‘iga asosan 2018-yil 6-iyul kuni madaniyat va aholi dam olish markazida 25 nafar qatnashchilar ishtirokida tanlovning tuman bosqichi o‘tkazildi. Tanlov tuman bosqichini 18-son bolalar musiqa va san’at maktabi direktori O.Dovilov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Shuningdek tanlovda tuman Madaniyat bo‘limi mudiri M.Narkazakov, “O‘zbekkonsert” viloyat bo‘limi xodimi N.Qorajonov ishtirok etdilar.
Tanlov hakamlar hay’ati qaroriga ko‘ra belgilangan Nizom asosida ijro etilgan qo‘shiqlarning she’rga musiqa hamohangligi, hamda ijrochining saxna madaniyatiga e’tibor bergan xolda vatanni madx etuvchi qo‘shiqlar orasidan quyidagilar tanlab olindi.
Xalq so‘zi, B.Lutfullayev musiqasi bilan “O‘zbekiston bu” qo‘shig‘i ijrochisi Anvar Keldiyev, A.Oripov so‘zi, Sh.Voqqosov musiqasi bilan “Vatan” qo‘shig‘i ijrochisi Atxamjon Qozoqov, J.Jabborov so‘zi, Z.Dovilov musiqasi bilan “Muqaddas Vatan” qo‘shig‘i ijrochisi Baxrom Usmonov, M.Toir so‘zi, B.Lutfullayev musiqasi bilan “Jonim Vatan” qo‘shig‘i ijrochisi Sanjar Keldiyev, M.Temir so‘zi, B.Lutfullayev musiqasi bilan “Xurdiyor” qo‘shig‘i ijrochisi Suxrob Ibragimov, S.Obidov so‘zi, B Xabibov musiqasi bilan “Vatanim” qo‘shig‘i ijrochisi Bexzod Xabibovlar tomonidan ijro etilgan qo‘shiqlar g‘olib topilib tashkiliy qo‘mitaning faxriy yorliqlari hamda xomiylarning sovg‘alari bilan taqdirlandilar va viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kritdilar.
Ko‘rik-tanlovning tuman bosqichida faol ishtirok etgan “Forish alyori” qo‘shig‘i ijrochilari Baxrom Ismoilov va Xusniddin To‘laniylar, “Vatan madhi” qo‘shig‘i ijrochisi Jaloliddin Tojiyev, “Diyorimsan” qo‘shig‘i ijrochisi Go‘zal Ibragimova, “Baxtlar beshigi” qo‘shig‘i ijrochisi Mirkomil Axmedov, “Kundan kun yaxshi” qo‘shig‘i ijrochisi Otabek Jalilbekov, “Diyorimsan” qo‘shig‘i ijrochisi Baxora Bozorbekovalar ko‘rik-tanlov tashkiliy qo‘mitasining faxriy yorliqlari bilan taqdirlandilar.
Viloyat bosqichiga yo‘llanma olgan tuman bosqichi g‘oliblari va faol ishtirokchilar Madaniyat bo‘limining diplom va faxriy yorliqlari hamda xomiylarning sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Tanlov tomoshasiga 80 nafardan ortiq tomoshabinlar jalb etildi.