Forish tumani madaniyat bo’limi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining yigirma yeti yilligi oldidan Forish tuman Sayyod qishlog’ida joylashgan “Matlubotchi” va “Zangori olov” bolalar yozgi dam olish oromgohi ikkinchi mavsumida dam olayotgan bolalar uchun madaniyat va aholi dam olish markazi Badiiy tashviqot guruhi a’zolari
Sh.Darxonov, S.Ibragimov hamda “Kichkintoy” xalq xavaskorlik qo’g’irchoq teatri jamoasi B.Ismoilov, Sh.Safaraliyevlar tomonidan 2018-yil 12-iyul kuni “Yozni biz bilan” loyihasi doirasida “Aziz va yagonamsan, jonajon O’zbekistonim!” hamda “Vatan ichra Vatan” shiori ostida madaniy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Tadbir davomida bolalar oromgohida dam olayotgan bolalar vaqtlarini mazmunli o’tkazishga qaratilgan bir qancha qiziqarli o’yinlar, tezkor savol javoblar, qo’g’irchoq teatri chiqishlari namoyish etildi.