«Yagonasan, muqaddas Vatan!» ko’rik-tanlovida Forish tumani respublika bosqichida ishtirok etadi

Ulug‘ Vatanni madh etish, uni ko‘z-qorachig‘idek asrash, sha’nu sharafini himoya qilish va yuksaltirish kabi olijanob tuyg‘ularni kamol toptirish, Vatanga sadoqat, uning taqdiri uchun dahldorlik hissi bilan yo‘g‘rilgan mazmunan teran, badiiy yetuk qo‘shiqlar yaratishni rag‘batlantirish hamda ularni el-yurtimizning ma’naviy mulkiga aylantirish maqsadida har yili an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Yagonasan, muqaddas Vatan!” mavzusidagi Respublika ko‘rik-tanlovining Jizzax viloyat bosqichi 2018 yil 13 iyul kuni viloyat musiqali drama teatrida  yuqori saviyada  o‘tkazildi. 

Ko‘rik-tanlovda viloyatning shahar va tumanlaridan 36 nafar yosh iste’dod egalari Nizom talablari asosida yaratgan yangi asarlari bilan ishtirok etishdi.

Ko‘rik-tanlovda  hakamlar hay’ati tomonidan tanlovga taqdim etilgan asarlarning g‘oyaviy jihatlariga, tanlovda ijro etilgan asarlar va ijrochilarning ijro mahoratlariga, so‘z va ovoz uyg‘unligi, aranjirovkalarga hamda asarlarning nota variantlariga Nizom talablariga asosan jiddiy e’tibor qaratilganligi hususida fikr va mulohazalar bildirildi.

Ko‘rik-tanlovga puxta tayyorgarlik ko‘rgan viloyatning Jizzax shahri, Forish, Sh.Rashidov, Paxtakor, G‘allaorol, Baxmal tumanlari vakillarining ijrolari hay’at a’zolari va tomoshabinlar tomonidan yuqori baholandi.

Tanlov hakamlarining bildirgan fikr mulohazalardan kelib chiqib, badiiy jamoalar hisobida Jizzax shahar madaniyat bo‘limi “Sangzor”  estrada xalq havaskorlik jamoasi (“Ona yurtim O‘zbekistonim” K.Sindorov she’ri, F.Farmonov musiqasi) va Sh.Rashidov tumani madaniyat bo‘limi estrada xonandasi Erkinov Dilshod Ilxomjon o‘g‘li 1-o‘rin va 1-darajali diplom (“Vatan” asari uchun  Komil Sindarov she’ri Sunnatilla Raimjonov musiqasi) bilan;

Viloyat akademik va xalq badiiy jamoalari direksiyasi xonandasi To‘ychiyev Adxambek Nurbekovich 2-o‘rin va 2-darajali diplom (“Yagonasan muqaddas vatan” asari uchun M.Toyir she’ri, B.Lutfullayev musiqasi) bilan;

Forish tumani madaniyat bo‘limi xonandasi Keldiyev Sanjar Farhodovich 3-o‘rin va 3-darajali diplom (“Jonim Vatan” asari uchun M.Toir she’ri, B.Lutfullayev musiqasi) bilan taqdirlandilar.

Tanlovdagi faol ishtiroki uchun  Paxtakor tumanidan Shodiyev Zafar Erkin o‘g‘li (“Jon O‘zbekiston” Alijon Burxonov she’ri va musiqasi)ga;

Do‘stlik tumanidan Tursunov Jamol Zaylobiddin o‘g‘li (“Azizsan Vatan” X.Axmedova she’ri, Sh.Vaqqosov musiqasi)ga;

Baxmal tumanidan “Oqtosh” bolalar falk’lor etnografik jamoasi (“O‘zbekistonim” M.Gapporov she’ri va musiqasi)ga;

Jizzax shahridan Saydaliyev Umarshox Iskandar o‘g‘li (“Teng ovozing” Y.Muqimov she’ri, B.Lutfullayev musiqasi).

G‘allaorol tumanidan “Oltin boshoq” ashula va raqs xalq ansambili (“Baxt yallasi” A.Sariboyev she’ri, T.Xasanov musiqasi)ga viloyat madaniyat boshqarmasi va hamkor tashkilotlarning diplomlari va estalik sovg‘alari berildi.  

Tanlov yakuniga ko‘ra o‘zining yuqori saviyadagi ijro mahorati bilan ishtirok etib, g‘olib bo‘lgan Badiiy jamoalar xisobida “Sangzor”  estrada xalq xavaskorlik jamoasi, Erkinov Dilshod Ilxomjon o‘g‘li, To‘ychiyev Adxambek Nurbekovich, Keldiyev Sanjar Farhodovichlar mazkur tanlovning Respublika bosqichida  ishtirok etish uchun  tavsiya etildi.

Manba: Jizzax viloyati Madaniyat boshqarmasi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan