Diqqat tanlov! Milliy maqomni hamma ko’radi

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (O‘zbekturizm) hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 6 apreldagi “Хalqaro maqom san’ati anjumanini o‘tkazish to‘g‘risida”gi PQ-3656-sonli qaroriga muvofiq 6-10 sentabr kunlari Shahrisabzda ilk marotaba xalqaro miqyosda o‘tkaziladigan “Xalqaro maqom anjumani” ko‘rik- tanlovini xorij va mahalliy OAVda yoritish bo‘yicha jurnalistlar o‘rtasida tanlov e’lon qiladi. Tanlovda quyidagi yo‘nalishlarda ijod mahsuli bilan ishtirok etishni taklif etadi:  

    1. “Eng yaxshi selfi tasvir” –voqealar rivojini yoritib borishi uchun;
    2. “Eng yaxshi foto lavha”lar – Anjumanning eng go‘zal sahnalari aks etgan fototasvirlar uchun;
    3. «Eng yaxshi videorolik» – tanlovning mohiyatini ochib beruvchi videotasvirlar uchun.

Eslatib o‘tamiz, tanlov g‘oliblarini tanlashda materiallarning son va sifatiga e’tibor qaratiladi.

Mahalliy OAV g‘oliblariga pul mukofoti, xorij OAV uchun esa o‘zbek milliy qadriyatlarimiz aks etgan qimmatbaho esdalik sovg‘alari taqdim etiladi. Tanlovda ishtirok etish cheklanmagan.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan