Xonbandi mahallasi «Obod qishloq»da Mustaqillik tantanalari

3e81d136 27c8 4988 8560 3d2175fe7ab62018-yil  29-avgust kuni  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  “Obod qishloq  dasturi to‘g‘risida”gi  5386-sonli  farmoni va “Obod qishloq dasturini 2018-yilda amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq  Xonbandi mahallasida  “Obod qishloq” dasturi doirasida qurilishi tugallangan  honadonlarni topshirish  marosimi  hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining yigirma yetti  yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.

D61e9bfe 7395 4325 b3c2 c01479a8a2c9

0e529ca0 2c87 465d 822f ebbd4d6ad7fd

 Tantanali marosimda tuman hokimi A.Mustanov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonidan N.Oblamurodov, uy boshqaruvchisi T.Xosilbekova hamda mahallada yashab istiqomat qiluvchi N.Nagibinalar so‘zga chiqib barchani bayram bilan tabriklab o‘z minnatdorchiliklarini izhor etdilar.

Tantanali marosim yakunida hududdagi kam ta’minlangan, nogironligi bor fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan barcha qulayliklarga ega bo‘lgan,  zamonaviy texnikalar bilan jihozlangan 36ta  honadonlar o‘z egalariga topshirildi.

A4a1e845 905e 46eb 8a80 e67487651881

Tadbir davomida tuman Madaniyat bo‘limi tomonidan bayram konsert dasturi namoyish etildi. Konsert dasturida ona Vatanni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar, raqslar ijro etildi.

6f0e4817 fc60 4f2e a6c9 eb76acf0157a

78300c69 0011 4531 b95f 73b880644dd1

A0a1361f 1c4d 4850 94f7 556b417c8d4e

0ba3514a 1493 4e7e a08b df47e566dec5

3e81d136 27c8 4988 8560 3d2175fe7ab6

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan