“Xalqaro maqom san’ati anjumani”da “Bog‘don gullari” folklor etnorgafik xalq ansambli ishtirok etadi

E1758778 a619 49b9 8957 788972d7eb89     O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  tashabbusi bilan tashkil etilgan Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida nishonlanadigan “Xalqaro maqom sanati anjumani” 2018-yil 6-10-sentyabr kunlari o‘tkazilishi belgilangan.

     Respublikamizda ilk marotaba o‘tkazilayotgan nufuzli tadbirda Forish tumanida faoliyat olib borayotgan “Bog‘don gullari” folklor etnografik xalq ansambli o‘zlarining  repertuaridagi xududga xos bo‘lgan “Gashtak ko‘pkari” marosimi bilan ishtirok etishlari uchun qizg‘in tayyorgarlik ishlarini olib bormoqdalar. 

5e871fb1 6d4e 4aa3 9f02 78f45d6fbbf2

     Shuningdek ansambl ishtirokchilari tuman xududiga xos bo‘lgan udum va marosimlardan “Urug‘ qadash”, “Yil boshi”, “Xalq o‘yinlari” hamda folklor qo‘shiqlaridan “Forish alyori”, “Vatan bu”, “Jigda po‘pak”, “O‘ynang qizlar”, “Bo‘shama”, “Larzongul” kabi qo‘shiqlarni ham tayyorlab anjuman ishtirokchilari va xorijlik mehmonlarga tumanimizning folklor san’atini namoyish etishni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘yganlar.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan