Maqom san’ati anjumi tadbirlarida tuman jamoasi ishtirok etdi

99f8b77e 2596 4a7e adb0 3a7c78cdd4af “Bog‘don gullari” folklor etnografik xalq ansamblining Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida o‘tkazilgan «I Xalqaro maqom san’ati anjumani» doirasida o‘tkazilgan bayram tadbirlaridagi ishtiroki to‘g‘risida. 

Maqom o‘zbek xalqi an’anaviy musiqasi ijodiyotining yetakchi janri bo‘lib, u o‘rta asr va keyingi davrlarda Markaziy Osiyo,  umuman Sharq hududini XIX-XX asrlarda larzaga solgan ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotga o‘z ta’sirini o‘tkazgan jonbaxsh kuch sifatida namoyish etilgan. Shu munosabat bilan milliy maqomimizni butun dunyoga tarannum etish maqsadida Yurtboshimizning tashabbusi bilan 2018-yilning 6-10-sentyabr kunlari Shahrisabz shahrida Xalqaro Maqom san’ati Anjumani yuqori saviyada o‘tkazildi.

075aeb13 9bdc 40d8 9baf 98c930c9d818

9540eafa 0668 456e 822b 445db977e87f

Mazkur nufuzli anjuman doirasida tashkil etilgan bayram tomoshalarida tumanda faoliyat olib borayotgan “Bog‘don gullari” folklor etnografik xalq ansambli o‘z dasturlari bilan muvafaqqiyatli ishtirok etdi. Ansambl ishtirokchilari tomonidan tuman hududiga hos bo‘lgan “Gashtak ko‘pkari” marosimi, “Halq o‘yinlari” dasturlari orqali tuman xududiga xos bo‘lgan milliy udumlardan tuzilgan “Uloq-ko‘pkari”, “Polvon yigit”, “Cho‘nka shuvoq”, “Jigda po‘pak”, “Vatan bu”, “Bo‘shama”, “Besh qarsak”, “Bir pari”, “O‘ynang qizlar”, “Holoy-loloychi”, “Forish alyori”, “O‘lkamda shodiyona”, “O‘lkamda bayram” kabi folklor qo‘shiq va raqslar xorijlik sayyohlar va respublikamizning barcha viloyatlaridan tashrif buyurgan mehmonlarga namoyish etib olqishlarga sazovor bo‘ldi va jamoa faol ishtiroki uchun O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi,  I Xalqaro maqom san’ati anjumani” tashkiliy qo‘mitasining faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi.

99f8b77e 2596 4a7e adb0 3a7c78cdd4af

Ea8ced3f 1a69 4870 b37d 76bcfde73232

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan