Bugungi kunda viloyatimiz bo‘ylab milliy boyligimiz bo‘lgan paxta hom ashyosini yig‘ib-terib olish mavsumi jadal suratlarda olib borilmoqda. Bu jarayonda Jizzax viloyati Forish tumani mahalla fuqarolar yig‘inlaridan ko‘ngilli bo‘lib, o‘z hohishlari bilan borib hirmonlarimiz yuksalishida o‘zlarining munosib hissasini qo‘shayotgan hasharchilarimizning madaniy dam olish soatlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun Forish tuman Madaniyat bo‘limi tomonidan tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan bo‘lib, ushbu rejaga asosan badiiy tashviqot guruhi shakllantirildi. Badiiy tashviqot guruhi a’zolari tomonidan 1-oktyabr kunidan boshlab Zafarobod tumanidagi “Tinchlik”, H.Olimjon, S.Rahimov, S.Sindorov, Y.Ohunboboyev suv iste’molchilar uyushmasidagi 1284, 1285, 1288, 1289, 1290, 1291, 1294, 1295, 1296, 1297, 1299, 1302, 1304, 1311, 1313 – terim otryadlaridagi paxta yig‘im terimida qatnashayotgan hasharchilar uchun “Hormang paxtakorlar” shiori ostida madaniy tadbirlar tashkil etilmoqda. Badiiy tashviqot guruhi a’zolari Sanjar Keldiyev, Bahrom Ismoilov, Atham Qozoqov, Mirkomil Ahmedov, Hikmat Temirovlar ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar hasharchilarning kayfiyatini ko‘tarib, ularga shijoat bag‘ishlamoqdalar.
«Hormang Paxtakorlar»
Javob berish