Bayrog’imiz – faxrimiz, g’ururimiz!

C8fa0d55 58d9 4411 aee3 b501871706fa Tanlov haqida to’liq ma’lumot:

TANLOVNING MAQSADI:

O‘sib kelayotgan yoshlarning qalbida Ona Vatanga mehr-muxabbat, hurmat tuyg‘ularini shakllantirish hamda  O‘zbekiston Respublikasi davlat ramzlariga bo‘lgan faxr-iftixor, g‘urur kabi  tushunchalarini yuksaltirish  va ramzlarimizning muqaddasligini, ular bizga yurt manfaati har nedan ustunligini anglatib, eslatib turishini yoshlar ongiga singdirish maqsadida Forish tuman Madaniyat bo‘limi tomonidan mazkur ommaviy diktant va foto rasmlar tanlovi o‘tkaziladi.

TANLOVNI O‘TKAZISH TARTIBI VA SHARTLARI:

Tumandagi 1-5-12-33-55-59-maktablarning 8-9-10-sinflarning faol, iqtidorli, iste’dodli, ona tili, adabiyot, tarix va tasviriy san’at fanlariga qiziqishi baland o‘quvchi yoshlar ishtirok etishlari mumkin.

“Yurtim bayrog‘i-qalbim ardog‘i!” mavzusidagi ommaviy diktant tadbirida qatnashish istagini bildirgan o‘quvchi yoshlar tadbir tashkilotchilari tomonidan aniqlab olinib har bir maktabda alohida o‘tkaziladi. Ommaviy diktant tadbiri ishtirokchilari orasidan g‘olibni har bir maktabning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi aniqlab beradi.

“Bizning bayroq”  foto tanlovida qatnashish istagini bildirgan ishtirokchilar (maktabning yoshlar yetakchisi yordamida) yakka yoki jamoaviy bo‘lib O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ini aks ettirgan foto rasmlarini Madaniyat bo‘limining ijtimoiy tarmoqlardagi telegramm @ForishTv kanaliga taqdim etishlari so‘raladi. Foto rasmlar taqdimnomasida har bir ishtirokchi ismi familiyasi, ta’lim olayotgan maktabi va sinfini qayd etishlari shart.  Foto tanlov g‘oliblari quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha:

“Eng ko‘p like to‘plagan” foto

“Eng yaxshi selfi” foto

“Eng yaxshi jamoaviy” foto

“Eng yaxshi kreotiv” foto (takrorlanmas, o‘zgacha bo‘lgan fotolar tushuniladi)

“Bizning bayroq” foto tanlovida 10-noyabrdan 13-noyabrgacha ishtirokchilar ishtirok etadi va tanlov jarayonlari bo‘lib o‘tadi. 14-15-noyabrga qadar ovoz berish jarayoni bo‘lib o‘tadi.

IZOH: SHARTLAR BO‘YIChA TUShUNChALAR KYeRAK BO‘LGANDA TANLOV TAShKILOTChILARIGA MUROJAAT ETISh SO‘RALADI. TANLOV TAShKILOTChILARI TOMONIDAN  TANLOV O‘TKAZILISh JARAYoNIDA QO‘ShIMChA VA O‘ZGARTIRISh KIRITILIShI MUMKIN. MUROJAAT UChUN TELEFON: (+99897) 522-27-25).

Tanlovlarda g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar Madaniyat bo‘limining  internetdagi http://culture.zn.uz  saytida  va telegramdagi http://t.me/ForishTv kanalida keng yoritib boriladi.

 

049ec46a 8026 426e 9ad7 04f29c4463db

B9353f77 a052 4595 a0e0 0e57a49e2524

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan