«Bayrog’imiz, faxrimiz-g’ururimiz!» ommaviy bayram tadbiri

2ac4d365 fc8d 456c a8ea 4b5d01b8987e

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganiga 27 yil to‘lishi munosabati bilan tuman Madaniyat bo‘limi tashabbusi bilan 2018-yil 17-noyabr kuni Forish madaniyat va aholi dam olish markazida “Bayrog‘imiz – faxrimiz, g‘ururimiz!” nomli ommaviy madaniy tadbir tashkil etildi. Tadbirda dastlab barcha ishtirokchilar qo‘llarida  O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i bilan tuman hokimligi binosi yonida saf tortib taxlandilar. Tuman IIB yo‘l patrul xizmati xodimlari boshchiligida maxsus avtomobillar bilan birgalikda tuman markazidagi ko‘chalarda bayroqlar olib o‘tildi.  Qolgan ishtirokchilar doirachilar guruhi bilan birgalikda madaniyat bo‘limi joylashgan markaziy ko‘chada saf tortib birgalikda asosiy bayram tadbiri o‘tkaziladigan madaniyat markazi hovlisigacha yurib keldilar. Bayram ishtirokchilari tantanavor musiqa bilan kutib olindi. Tadbirni tuman ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi rahbari Abror Sarabekov kirish so‘zi bilan ochib berib, yig‘ilganlarni qizg‘in muborakbod etdi.

84e981ed 66f9 4e7b 9ce1 10f0344d7cbb

Aa2568ae a1ce 401b 8744 bbb9950ceae6

Dd964b80 e40a 4473 af54 5d69c22bc874

Shundan so‘ng ommaviy tadbir doirasida tashkil etilgan umumta’lim maktabi o‘quvchilari o‘rtasida “Yurtim bayrog‘i – qalbim ardog‘i” mavzusida o‘tkazilgan ommaviy diktant tadbirlarida ishtirok etib g‘olib bo‘lgan quyidagi o‘quvchilar 1-maktab o‘quvchilari Amandullayeva Xumora, Egamov Ohunjon, 5-maktab o‘quvchilari Maxmudov Mirjalol, Mamadiyorova Zilola, 12-maktab o‘quvchilari Narzullayeva Zuhra, Jumabekova Surayyo, 33-maktab o‘quvchilari Yo‘ldosheva Mahliyo, Bozorbekova Aziza, 55-maktab o‘quvchilari Erxonova Gulzifa, Qosimova Dilnozalarga hamda   “Bizning bayroq” mavzusidagi fototanlovda faol ishtirok etib “Eng ko‘p layk to‘plagan foto” nominatsiyasi bo‘yicha 1-maktab jamoasi, “Eng yaxshi selfi foto” nominatsiyasi bo‘yicha 33-maktab jamoasi, “Eng yaxshi jamoaviy foto” nominatsiyasi bo‘yicha 5-maktab jamoasi va “Eng yaxshi kreotiv foto” nominatsiyasi bo‘yicha 12-maktab jamoalariga va foto tanlovni tashkil etishda faollik ko‘rsatgan 1-5-12-33-maktablarning boshlang‘ich tashkilot yetakchilari Ahmedov Javohir, Bahriyeva Sitora, Suyunov Elyor, Bozorova Lolalar  ham Madaniyat bo‘limining diplom, faxriy yorliqlari va homiy tashkilotlarning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

4d87a937 71be 4380 ad81 723cb34893af

B39821ac 2cf4 4211 b749 f356a8d4dc97

Tadbirda tuman ko‘zi ojizlar kutubxonasi tomonidan “Yurtim bayrog‘i – qalbim ardog‘i” nomli kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Shuningdek madaniyat bo‘limining Ona Vatanni, tinchlikni va do‘stlikni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlardan tuzilgan konsert dasturi namoyish etildi. Tadbirga 400 nafarga yaqin o‘quvchi yoshlar va tashkilot hodimlari jalb etildi.

82fad354 ed18 4072 a7a5 89bc56de153e

041b3122 8986 4d24 9a52 272cb1c71218

C0ff4061 f1f0 4531 b334 d9a433321bbd

Ilk marotaba o‘tkazilgan ushbu tadbir barchani birdek ramzlarimizga bo‘lgan hurmat va e’tibor, faxr kabi tuyg‘ularini yuksaltirishga  chorladi.

Eb4d8218 2c42 4568 9b3b 15f847a28def

2ac4d365 fc8d 456c a8ea 4b5d01b8987e

Telegram: https://t.me/forishtv

Madaniyat vazirligi: http://madaniyat.uz/post/view/4261

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan