Forish tumani madaniyat bo‘limining tadbirlar rejasiga asosan 2018-yil 28-dekabr kuni madaniyat markazi hovlisida tumandagi 1-12-33-55-maktab o‘quvchilari uchun yangi yil bayramiga bag‘ishlangan madaniy tadbirlar namoyish etildi.
Tomoshada “Kichkintoy” xalq xavaskorlik qo‘g‘irchoq teatrining Qorbobo va Qorqiz, shuningdek turli ertak qaxramonlari ishtirokidagi “Yangi yilning sarguzashtlari” nomli teatrlashtirilgan tomoshalari namoyish etildi. Tomoshalar ota-onalar va o‘quvchilarga birdek manzur bo‘ldi.
Shuningdek 16-00dan 19-00ga qadar tuman aholisi hamda yoshlar uchun “Yangi yil quvonchlari” nomli konsert shou dasturi namoyish etildi. Tadbir tomoshalariga 500 nafardan ortiq o‘quvchilar va uyushmagan yoshlar jalb etildi.