O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-yanvardagi “Jamiyatda xuquqiy ong va xuquqiy madaniyatini yuksaltirish tizimini tumbdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-5618sonli farmoni va “Jamiyatda xuquqiy madniyatni yuksaltirish konsepsiyasini 2019-yilda samarali oshirish bo‘yicha YO‘L XARITASI”ning 52-bandida ko‘rsatilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan Forish tuman Madaniyat bo‘limida ishchi-hodimlar o‘rtasida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida bo‘lim madaniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha bosh mutaxassisi Sh.Qo‘nishev so‘zga chiqib hodimlarga bugungi kunning dolzarb masalalaridan bir bo‘lgan korrupsiya va uning salbiy oqibatlari to‘g‘risida hamda korrupsiyaga qarshi kurashishda xuquqiy ong va madaniyatni yuksaltirib borish kerakligi to‘g‘risida hodimlarga keng ma’noda tushuncha berib o‘tdi.
Bo‘lim AKT bo‘yicha mas’ul hodimi Sh.Darhonov ham so‘zga chiqib bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar orqali xuquqiy axborotlarni taqdim etib boruvchi Adliya vazirligining “Xuquqiy axborot”, O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi “Lex.Uz” kabi kanallar va sahifalar mavjudligi xaqida ma’lumotlar berib, hodimlarga ham xuquqiy axborot sahifalaridan foydalanishni tavsiya qildi.
Shundan so‘ng hodimlarga “Ajal uchun berilgan pora” nomli qisqa metrajli videofilm namoyish etildi. Davra suhbatidan hodimlar korrupsiya va xuquqiy masalalarda o‘zlariga kerakli bo‘lgan ma’lumotlarni olishdi.