Ajdodlarimizning dunyoqarashi, ma’naviy saviyasining yorqin namunasi bo‘lgan, tabiat va hayotning qayta tug‘ilishi bilan birga poklik va shodlik, milliy iftixor, o‘zlikni anglash, ajdodlarimiz qoldirgan bahoriy marosimlardan milliy urf-odatlar, an’analarni tarannum etish, yoshlar ongida ajdodlarimiz qoldirgan boy nomoddiy madaniy merosni shakllantirish va ularni ma’naviy kamol toptirish, estrada san’atini omma o‘rtasida keng targ‘ib qilish, folklor-etnografik ansambllar, ashula va raqs ansambllari hamda ijodkor yoshlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida har yili an’anaviy tarzda viloyat Madaniyat boshqarmasi tomonidan “Bahor taronalari” mavzuidagi eng yaxshi va yangi asarlar viloyat ko‘rik-tanlovi Nizomiga asosan Forish tumani Madaniyat bo‘limi tomonidan tanlovning tuman va viloyat bosqichiga tayyorgarlik mashg‘ulotlari olib borilmoqda.
Ko‘rik-tanlov Nizomiga asosan “Navro‘z haqidagi eng yaxshi qo‘shiq”, ijrochiligi bo‘yicha “Navro‘zi olam” qo‘shig‘i, “Eng yaxshi estrada ijrochiligi” bo‘yicha “Kuz tonglari”, “Hududga xos eng yaxshi an’anaviy lapar ijrochiligi” bo‘yicha “Yor kelar” lapari, “Eng yaxshi baxshi ijrochiligi” bo‘yicha tumanda ijod qilayotgan baxshi Nishonboy O‘rozov ijrosidagi baxshichilik, “Vatani madh etuvchi eng yaxshi qo‘shiq” bo‘yicha “Shodiyona” qo‘shig‘i, “Eng yaxshi badiiy xavaskorlik jamoasi ” bo‘yicha “Tog‘ shalolasi” ashula va raqs xalq ansambli ijrosidagi “Orazibon”maqomi, “Eng yaxshi folklor-etnografik ansambli” bo‘yicha “Bog‘don gullari” folklor etnografik xalq ansambli ijrosidagi xududga xos “Dervishona” marosimi va “Eng yaxshi o‘lan ijrochiligi” bo‘yicha xududga xos o‘lanlardan tanlab olinib ishtirokchilarga o‘rgatilmoqda va muntazam ravishda mashg‘ulotlar olib borilmoqda. Qo‘shiqlarga raqslar saxnalashtirilmoqda. Tanlovning tuman bosqichi 9-fevral kuni o‘tkazilishi belgilangan.