Navoiy yodi-la yashaymiz mudom

F9cebd9d c9a0 4772 a74c ee65fee3044b      Forish tumani Madaniyat bo’limi tomonidan 2019-yil 5-fevral kuni buyuk mutaffakkir shoir, g’azal mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy tavalludining 578-yilligi munosabati bilan tuman madaniyat markazi, madaniyat bo’limi kutubxonasi, ko’zi ojizlar kutubxonasi, 1-umumta’lim maktabi bilan hamkorlikda “Navoiy yodi -la yashaymiz mudom” nomli adabiy musiqiy kecha tashkil etildi.

Tadbirni 1-umumta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi N.Mirkomilova ochib berib Navoiyning serqirra ijodi haqida batafsil ma’lumot berib o’tdi.  Shundan so’ng maktab o’quvchilari tomonidan A.Navoiy hayoti va ijodiy faoliyati aks ettirilgan slaydlar orqali qiziqarli ma’lumotlar,  “Navoiy va xasta odam ” nomli  sahna ko’rinishlari, g’azallaridan namunalar ijro etildi.

261ab322 29d3 491a bdce d09e55e9bdc1

D090a25c 5e6f 461c 8d1b d80edca24f09

Fe8fa421 1431 430a 87ae e215724a8e29

Tadbir davomida Forish madaniyat markazida faoliyat olib borayotgan “Tog’ shalolasi” ashula va raqs xalq ansambli ishtirokchilari Yu.Temirov, O.Qosimov, A.Soibov, N.Botirova, J.Rustamovlar tomonidan Navoiy g’azallaridan yaratilgan “Qoshi yosin-mu deyin”, “Munojot”, “Shitob aylab” kabi ashulalar ijro etildi.

4e6453dc 9075 435a 8d92 be1c13287a64

0126bdb3 8004 4985 9463 088782f4de5a

Maskur tadbirda faol ishtirok etgan o’quvchi va  kitobxonlarga madaniyat bo’limi tomonidan faxriy yorliqlari topshirildi. Tadbirda 130 nafardan ortiq ishtirokchilar qatnashdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan