“Xo‘jabog‘bon ota” ziyoratgohi

56ea6741 eac0 4392 85c2 ae0d73025f4aYurtimizda Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan Kalom, Hadis, Tasavvuf, Aqida, Fiqx ilmi bo‘yicha 5ta ilmiy maktab faoliyati yo‘lga qo‘yilishi, Imom Buxoriy, Imom At-Termiziy nomidagi markazlar bunyod etilish, Islom svilizatsiyasi markazi, Islom akademiyasi ish boshlashi – bular ijtimoiy-ma’rifiy hayotimizdagi ulkan o‘zgarishlardir.

Tabarruk manzillar, aziz-avliyolarimiz makon topgan ziyoratgohlarni asrab-avaylash, obod etish borasida keng ko‘lamli xayrli ishlar amalga oshirilmoqda va “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish” to’g’risida O’zbekiston Respublikasi qonuni (http://www.lex.uz/acts/25461), “Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-dekabrdagi qarori (http://www.lex.uz/docs/4113465) qabul qilindi. 

Ana shunday qutlug‘ ziyoratgohlardan biri Jizzax viloyati Forish tumani Nurak MFY Qoratosh qishlog’ida joylashgan “Xo‘jabog‘bon ota” ziyoratgohidir. Yetti yuz ellik yillar muqaddam o‘n ikkinchi asrning yetmishinchi yillarida asl ismi Ibn Muhammad Vosit bo‘lgan “Xo‘jabog‘bon ota” islomiy ma’rifat tarqatish uchun shu joylarga kelib, yashab qolgan ekanlar.

56ea6741 eac0 4392 85c2 ae0d73025f4a

2acf5e2a 8d55 4a01 81ed 6537aa98b40c

Ulug‘ bobokolonimiz Hazrat Alisher Navoiyning “Nasoim ul muhabbat” kitobida yetti yuz avliyoning ismi sharifi keltirilgan. Kitobdagi oltinchi o‘rinda Ibn Muhammad al Vosit avliyoning ismi sharifi keltirilib, “o‘z zamonasining benaziri erdi va tobinidin ko‘pi xizmat qilubdur va suhbatiga yetibdur va ko‘p mashoyihlar bilan suhbat tutibdur…… Bu dunyoda zohid bo‘lgan va hech kishidan ta’ma qilma to barcha xalq senga muhtoj bo‘lgaylar…” degan fikrlar bilan boshlanadigan jumlalar bor.

Xo’jabog’bon ota haqida

“Xo‘jabog‘bon ota” avliyo bo‘lgan. Dunyo yaralibdiki yaxshilik bilan yomonlik kurashib kelgan. Tog‘dagi g‘orga yaqin kelganida orqasidan uni o‘ldirish uchun quvib kelayotgan johil yovlar juda yaqinlashib qolibdi. Avliyo ota shu g‘orga kiribdilarda yaratgandan najot so‘rab, iltijo qilibdi. Shunda g‘or og‘zida qalin o‘rgimchak to‘ri hosil bo‘libdi. To‘r ichkarisida esa bir musicha paydo bo‘libdi. Haligi yovlar yetib kelib qarashsa g‘or og‘zida qalin o‘rgimchak to‘ri, to‘r orqasida bir musicha qo‘nishibgina turganmish. Ular “qochgan kishi agar shu yerga kirib ketgan bo‘lganida bu o‘rgimchak to‘ri, albatta buzilib ketgan bo‘lar edi” deya orqalariga qaytib ketganlar……

Avliyo otamiz 42 yoshlarida uzlatga chekinibdilar. Uzoq toat-ibodatdan so’ng, bir kuni jami aziz avliyolarni huzuriga chorlab, suhbat anjumand qilmoqchi bo’libdilar. Mashoyixlar, avliyo-anbiyolar ruhi ko’pi bilan ikki soniyaga qolmay yetib kelishibdi.

  • Ey Alloh! – debdi avliyo otamiz. – Endi bu aziz mehmonlarni qanday ziyofat

qilaman?…

Shunda g’oyibdan ilohiy payg’om kelibdi:

  • Girdo-girdingga mevali daraxtlarning quruq cho’plaridan bo’lsa ham suqub

qo’y!

Otamiz cho’plarni yerga qadagan zahotiyoq, ular mevalari hil-hil pishib turgan daraxtlarga aylanaveribdi. Turli tarafda qirmizi gullar, binafshalar ochilib, rovochlar, tatranlar bosh ko’taribdi, qoratoshni yorib tosh lolalar chiqibdi.

… Keyin qoratoshdan buloq sizib chiqibdi. Suvning tiniqligini qarang, ichidagi toshlarning rangi ham aniq ko’rinadi. Yilning to’rt faslida ham birday iliq, birday yoqimli.

Mehmonlar mezbon haqqiga duolar qilishibdi. “Bul ma’volar, behishtdan nur yog’ilgan, nur oqqan – “Nurak” joylar ekan! Siz esa asl piri bog’bon ekansiz. Emdi, voqe’an Siz Xo’jabog’bon avliyo ota bo’ldingiz”, deya fatvo berishibdi.

Xo’jabog’bon avliyo otaning antiqa bulog’i bor, yozda ham qishda ham iliqqina…  Keksa tut daraxtlarning yoshi ming yildan kam emas…

Ziyoratgohda amalga oshirilgan ishlar

2018-yil Iyul-Avgust oylarida “Xo‘jabog‘bon ota” ziyoratgohida Forish tuman hokimligi va oliyhimmat tadbirkor Tursunboy Oltinov homiyligida obodonlashtirildi. Ziyoratgohga olib boruvchi yo‘l, “Xo‘jabog‘bon ota” qabriga maqbara, yangi honaqox va ayvonlar, maqbaraga olib chiquvchi 74ta zina bunyod etilib, ziyoratchilar uchun barcha qulayliklar yaratildi.

Buloqlar, suv to’planadigan hovuzlar ta’mirlanib, yangidan supalar qurildi. Bu yerdagi amalga oishirilgan xayrli ishlarni ko‘rgan har bir kishining dili yayraydi.

Fotolavhalar

1c618b40 c34d 4c94 960b 0e31d6cfdb78

8403c54a 95e5 4b2c 96f3 7bfdf66969e1

241f1145 5349 4e77 81ac ebe92fa271f6

69feeffc 4799 472b 9c75 c1d483c4aa59

75a02cb5 c6b4 486a a29b 0e9108cacb8c

A5af1c5b 890b 4b7d b6f6 ad2c22349515

Fb18903e a3ea 48d1 ac10 dce3258e87b3

7550a598 8ff7 40c8 b622 03af187c36f3

87d4aecc b3fb 4acf a922 57b6c135a4a0

Bccfd7a2 4d89 42f3 aa78 75ffbe126508

6ff75672 a3fd 4460 a16d 4f53fa3fe479

B2e73226 6235 44b6 80bd feab6e444c6c

2acf5e2a 8d55 4a01 81ed 6537aa98b40c9bfd6b57 dd7a 4872 970c b5f4445d8899

Ae0be47b a0fc 49ff a643 bc3b04fba21c

6ddd35e2 dcc5 4b40 bf5a bf1d25841876

Fbe5a58d 0b74 4eef a2d7 930a98fb54d6

56ea6741 eac0 4392 85c2 ae0d73025f4a

Forish tumani Madaniyat bo’limi: http://culture.zn.uz  Telegram: http://t.me/forishtv

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan