Forish tuman markazida bunyodkorlik ishlari boshlanmoqda

Forish tumani 1935 yil 9 fevralda tashkil etilgan. Ma’muriy markazi– Bog‘don shaharchasi. Bu yil tashkil topganiga 84 yil bo‘lgan tuman markazida keng ko‘lamdagi obodonlashtirish, uning arxitektura qiyofasini o‘zgartirish ishlari boshlanadi.

Tumanda ayni payda 90 ming nafarga yaqin aholi istiqomat qiladi. 25 ta mahalla, 16 mingta xonadon va 19 mingga yaqin oilalar mavjud. Maydoni9,67 ming. kv.km yoki 956 476 gektardan iborat. 

Forish tumani rel’efi pasttekislik, qir, adir va Nurota, Pistali tog‘ tizmalaridan iborat. Iqlimi keskin kontinental, yozi issiq, quruq, qishi sovuq keladi. Yiliga o‘rtacha 340-360 mm yog‘in yog‘adi. Vegetatsiya davri 216-218 kun. Adirlar qumtosh, qum, mergellardan tarkib topgan. Tumanda Arnasoy, Baliqli ko‘llari va Aydar botig‘i joylashgan. Tuman hududida o‘rmon xo‘jaligi va Nurota davlat qo‘riqxonasi mavjud. Tumanning «Ko‘tarmatog‘” tizmasi tarkibida katta miqdorda ohak tosh zahirasi mavjud. Bu hududda  ohak, sement, bo‘r, asbosement ishlab chiqarish imkonini beradi. Bundan tashqari «Pistalitog‘” tizmasida katta miqdorda temir oksidiga to‘yingan ruda mavjud. Shuningdek, «Uchquloch ruda koni” hududi katta miqdorda qo‘rg‘oshin va ruh zahiralariga ega. Tumanning «Osmonsoy” qishlog‘ida qurilish materiallari ishlab chiqarish uchun «Bazalt” xom-ashyo resurslari uchraydi.

Tuman asosan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.

Shunday katta salohiyatga ega tumanda 94 ta sanoat korxonalari faoliyat yuritayotganligiga qaramasdan, infratuzilmaning yetarli darajada shakllanmagan. Mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanilmay kelinmoqda.

Joriy yilning 30-31 yanvar kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning viloyatga tashrifi davomida Jizzax viloyatining mineral xomashyo bazasini kengaytirish, Forish tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, turizm salohiyati va lalmi yerlardan samarali foydalanishga qaratilgan loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.

— O‘zi Forish imkoniyatlari bo‘yicha eng boy tumanlardan biri. Lekin hozir boshqa hududlardan biroz orqada. Bu yerning qishloq xo‘jaligi, geologiya, qayta ishlash sohalaridagi imkoniyatlarini to‘g‘ri ishga solsa, aholi farovonligi, mahalliy budjetni oshirish mumkin, — degan edi Prezident.

Avvalgi tashrif chog‘idagi topshiriqqa asosan, suvni tejaydigan texnologiyalarni qo‘llash natijasida Forish tumanida 50 ming gektar ekin maydoni paydo bo‘lgani ta’kidlanib, unga talab yuqori mahsulotlar ekib, aholi daromadini ko‘paytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, tuman hududida tinch maqsadlarda foydalanish uchun mamlakatimizda birinchi marta atom elektr stansiyasi qurilishi rejalashtirilgan.  Ushbu stansiya har biri 1 ming 200 megavatt quvvatga ega ikkita, «3+» avlodiga mansub eng zamonaviy va xavfsiz energiya blokidan iborat bo‘ladi.

Bir so‘z bilan aytganda, bu orqali tuman hududining imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish maqsadida investorlar tashrif buyuradi. Ular uchun zarur imkoniyatlarni ishga tushirish maqsadida tuman markazini qayta qurish, obodonlashtirish, arxitektura qiyofasini o‘zgartirish natijasida aholi va mehmonlar uchun zarur sharoitlarni ta’minlash maqsad qilingan.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi bu borada amalga oshirilayotgan ishlarga bosh-qosh bo‘lish, tuman rahbariyatiga har tomonlama ko‘maklashishi belgilab berildi.

O‘tgan yakshanba kuni tuman markazida mazkur ishlarni zarur darajada tashkil etish, tuman markazida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan kengashish maqsadida davlat soliq qo‘mitasi raisi Behzod Musayev Forish tumaniga tashrif buyurdi.

Forish tumani hokimligi, tuman oqsoqollar Kengashi, korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda fuqarolar ishtirokida Bog‘don shaharchasida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan taqdimot o‘tkazildi. Unda so‘z olganlar mazkur ishlarni amalga oshirishda barcha birdamlik bilan kirishishi, tuman markazining zamonaviy qiyofasini yaratishda har bir forishlik o‘zining hissasini qo‘shishi lozimligi ta’kidlandi.

-Men bir necha yil mazkur tumanning hokimi bo‘lganman. O‘tgan yillar davomida yurtimizning barcha hududlarida keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari olib borildi. Lekin olis qishloqlarda istiqomat qilayotgan oddiy odamlarning yashash sharoitini yaxshilashga yetarlicha e’tibor qaratilmas va bu holat o‘sha hududlar aholisi e’tiroziga sabab bo‘lib kelayotgan edi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan bunday munosabatga chek qo‘yildi,  – deydi Bayram Uzoqov.

Shundan so‘ng, mazkur savobli ishni amalga  oshishi uchun tilak bildirilib, qur’on tilovat qilindi.

Shu kuni tuman markazida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar bilan ham uchrashuv tashkil etildi. Unda tuman hokimi Abduvali Mustanov so‘zga chiqib, shaharcha hududida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan axborot berdi. Ayni paytda, Bog‘don shaharchasi markazidagi bozor boshqa hududga ko‘chiriladigan bo‘ldi. Eski bozor o‘rnida esa qariyb 1 gektarli maydonda istirohat bog‘i barpo etiladi. Shaharchadagi barcha tashkilotlar va aholi xonadonlari to‘liq yangilangan kanalizatsiya tarmog‘iga ulanadi. Amir Temur ko‘chasida 5 km masofada 4 qatorli yo‘l bunyod etiladi. Yo‘lning ikki tarafida piyodalar va velosiped yo‘lkchasi quriladi. Tadbirkorlar uchun yangi bunyod etiladigan bozor hududidan savdo rastalari va do‘konlar qurish uchun maydon ajratib beriladi.

Shu kuni tuman hokimligi va faollar amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan tadbirkorlarni qiziqtirgan savollarga javob berdilar.

Quyida tuman markazi, Bog‘don shaharchasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tayyorlangan fotoreportaj bilan tanishishingiz mumkin.

Фориш тумани маркази – Боғдоннинг қиёфаси ўзгаради

Фориш тумани маркази – Боғдоннинг қиёфаси ўзгаради

Фориш тумани маркази – Боғдоннинг қиёфаси ўзгаради

Фориш тумани маркази – Боғдоннинг қиёфаси ўзгаради

Фориш тумани маркази – Боғдоннинг қиёфаси ўзгаради

Фориш тумани маркази – Боғдоннинг қиёфаси ўзгаради

Фориш тумани маркази – Боғдоннинг қиёфаси ўзгаради

Фориш тумани маркази – Боғдоннинг қиёфаси ўзгаради

Фориш тумани маркази – Боғдоннинг қиёфаси ўзгаради

Фориш тумани маркази – Боғдоннинг қиёфаси ўзгаради

Фориш тумани маркази – Боғдоннинг қиёфаси ўзгаради

Фориш тумани маркази – Боғдоннинг қиёфаси ўзгаради

Фориш тумани маркази – Боғдоннинг қиёфаси ўзгаради

Jizzax viloyat davlat soliq boshqarmasi

jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot sho‘basi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan