«Bahor taronalari» ko’rik-tanlovi

2ad923cb ad4d 4b55 887b 6bbcecc18ca7Viloyat madaniyat boshqarmasining 2019-yil 16-yanvardagi “Bahor taronalari” mavzusidagi eng yaxshi va yangi asarlar an’anaviy  viloyat ko‘rik-tanloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risidagi 10-sonli buyrug‘iga asosan joriy yilning 13-fevral kuni tanlovning tuman bosqichi tashkil etildi va tanlov Nizomida belgilangan janrlar bo‘yicha ishtirokchilar tomonidan taqdim etilgan asarlar hakamlar hay’ati tomonidan baholandi. 

Hakamlar hay’atining qaroriga  ko‘ra “Vatanni madh etuvchi eng yaxshi qo‘shiq” ijrochiligi bo‘yicha jamoa  ijrosidagi  Xorazm qo‘shiqlaridan  “Istiqlol” qo‘shig‘i,  Bahrullo Lutfullayev musiqasi bilan Sanjar Keldiyev ijrosidagi  Shodiyona qo‘shig‘i,  Abdulla Shonosir so‘zi, Asad Temirov musiqasi bilan  Athamjon Qozoqov ijrosidagi  “G‘ururim  Vatanqo‘shig‘i.

A348ab03 0142 46b7 8622 1de35d06bcb4

Ed37b709 124d 4b21 9103 444c5a837337

D2c1e2b3 9983 48bc acac ef5365f443a5

 “Navro‘z xaqidagi eng yaxshi qo‘shiq” bo‘yicha  jamoa ijrosidagi Abdulla Oripov so‘zi, xalq musiqasi bilan Sen bahorni sog‘inmadingmu? qo‘shig‘i va Gulchehra Usmonova so‘zi, Yusuf Temirov musiqasi bilan Suhrob Ibragimov ijrosidagi  “Navro‘zi olamqo‘shig‘i, “Eng yaxshi estrada ijrochiligi” bo‘yicha Bahrom Ismoilov, Mirkomil Ahmedovlar ijrosidagi  Turob To‘la so‘zi, Mutavakkil Burhonov  musiqasi bilan Maftun bo‘ldim qo‘shig‘i  hamda Hamid Olimjon so‘zi, Botir Zokirov musiqasi bilan  Jahongir Rustamov  ijrosidagi “Hayolimda” qo‘shig‘i.

448aa1c0 18c3 468f 903b de4d5f02e6b9

D68a7f95 10ac 4407 9fa6 7cdf11357dd8

F8ded770 1a8b 4b73 9330 58458a7888b8

Xududga xos eng yaxshi lapar ijrochiligibo‘yicha  Xulkar Hasanova ijrosidagi Yor kelar lapari, “Eng yaxshi baxshi ijrochiligi” bo‘yicha Nishonboy baxshi O‘rozov ijrosidagi  “Go‘ro‘g‘li” dostonidan parcha, “Eng yaxshi o‘lan ijrochiligi” bo‘yicha  Anvar Keldiyev va Lobar Hakimovalar ijrosidagi  “O‘lan-aytishuv”, “Eng yaxshi folklor ijrochiligi” bo‘yicha “Bog‘don gullari” folklor etnografik xalq ansamblining  “Navro‘z” bayramiga  bag‘ishlangan tuman xududiga xos qadimiy marosimlaridan “Dervishona” marosimi va “Xalq o‘yinlari” tomosha  dasturlariga  g‘oliblik berilib, tanlovning  viloyat bosqichida ishtirok etish xuquqini qo‘lga kiritdilar.

47228069 a220 439a 849b 7b5cf8b92754

C4bad672 225e 4b99 a7ce bea0474b8e1f

9a0f14f3 6163 4a3b b71c 36b5780d18fe

0bb8e0cd 074d 4a2b b178 7e3fc95c47e1

Ea81bd5a 5f52 44d4 b10c 8f235c873d46

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan