FORISH TUMANI MADANIYAT BO‘LIMI TOMONIDAN O‘TKAZILADIGAN “BAHOR NASHIDASI” KO‘RIK-TANLOVINING
N I Z O M I
“Bahor nashidasi” mavzuidagi tuman ko‘rik-tanlovi tuman hokimligi, tuman madaniyat bo‘limi, mahalla fuqarolar yig‘inlari bilan hamkorligida o‘tkaziladi.
KO‘RIK-TANLOVNING MAQSAD VA VAZIFALARI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2018-yil 28 noyabrdagi PQ-4038-sonli karori ijrosi yuzasidan tuman hududidagi mahallalarda iste’dodli yoshlarni barvaqt aniqlash shuningdek, ajdodlarimizning dunyoqarashi, ma’naviy saviyasining yorqin namunasi bo‘lgan, milliy iftixor, o‘zlikni anglash, ular qoldirgan bahoriy marosimlardan milliy urf-odatlar, an’analarni tarannum etish, yoshlar ongida boy nomoddiy madaniy merosni shakllantirish va ularni ma’naviy kamol toptirish maqsadida hududlarning o‘ziga xos folklor san’atini omma o‘rtasida keng targ‘ib qilish, folklor ansambllari hamda ijodkor yoshlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash.
KO‘RIK-TANLOVNI O‘TKAZISH TARTIBI VA SHARTLARI
Mazkur ko‘rik-tanlov 2019-yil 9-mart kuni tuman madaniyat markazida o‘tkaziladi.
Tanlovda mualliflik xuquqi talab etilmaydigan xalq qo‘shiqlaridan “Navro‘z”, “Bahor”ni madh etuvchi qo‘shiqlar, o‘lan (ikki nafar yigit-qiz ijrosida), lapar (bir yoki ikki nafar ijrochi ijrosida), folklor jamoalari (o‘z xududiga xos qadimiy urf-odat, marosimlar, an’analar va xalq o‘yinlaridan namunalarini umumlashtirgan 15-20-daqiqalik tomosha dastur) ijrosi bilan tuman bosqichida ishtirok etadi.
Tanlovga taqdim etilayotgan asarlar matni g‘oyaviy jihatdan mukammalligi, soz va ovoz uyg‘unligi, sahna liboslarining to‘g‘ri tanlanganligi, sahna madaniyatiga rioya qilishlariga qarab 10 ballik tizimda baholanadi.
Ko‘rik-tanlovda har bir mahalla fuqarolar yig‘inlarida faoliyat ko‘rsatayotgan havaskor qo‘shiqchilar, folklor jamoalari qatnashchilari, o‘lan, lapar yo‘nalishlarida ijrochilar yoshi, jinsi, millati va ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar ishtirok etish huquqiga ega.
Tanlovga folklor jamoalari qadimiy urf-odatlar, an’ana va marosimlar hamda alohida yo‘nalishlar bo‘yicha ijrochilar tomonidan Navro‘zni, bahorni, yoshlikni, go‘zallikni tarannum etiluvchi asarlarda ovozlar jonli (musiqa fonogramma (-) bo‘lishi mumkin) ijro etishlari qat’iy talab qilinadi. Hakamlar hay’ati qarori qat’iy, qayta muhokama qilinmaydi.
Ko‘rik-tanlov tashkiliy qo‘mitasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etiladi:
Namoyish etiladigan tomosha dasturi;
Ijro etiluvchi asarlar (qo‘shiq, o‘lan, lapar) matni (1 nusxada);
Folklor jamoalarining 15-20 daqiqalik dasturi (1 nusxada);
G‘OLIBLARNI TAQDIRLASH
Ko‘rik-tanlovda I-II-III o‘rinni egallagan va 3ta rag‘batlantiruvchi mukofotlarga loyiq deb topilgan ishtirokchilar tuman madaniyat bo‘limining diplomi bilan taqdirlanadi.
Shuningdek,
“Navro‘z, bahor haqidagi eng yaxshi qo‘shiq”,
“Eng yaxshi lapar ijrochiligi”,
“Eng yaxshi folklor jamoasi”,
“Eng yaxshi o‘lan ijrochiligi” nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblar aniqlanadi.
Tanlovda g‘olib bo‘lgan ijrochilar tumanda nishonlanadigan “Navro‘z-2019” umumxalq bayrami tantanalarida alohida tomosha dastur asosida ishtirok etish uchun tuman Madaniyat bo‘limi tomonidan tavsiya etiladi.
Ma’lumotlar madaniyat bo’limining internet sahifalarida berib boriladi: