«Buyuk ipak yo‘li» xalqaro folklor musiqa festivali

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida o‘tkazilgan majlis

BAYONI

«Buyuk ipak yo‘li» xalqaro folklor musiqa festivaliga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Buyuk ipak yo‘li” xalqaro folklor musiqa festivalini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida” 2018 yil 18 maydagi 371-son qarori ijrosini ta’minlash, madaniyat va san’atning noyob namunalarini keng targ‘ib qilish, uni asrab avaylash, rivojlantirish hamda davlatlararo xalqlararo do‘stlik, birodarlik rishtalarini  yanada mustahkamlash borasida bildirilgan fikr-mulohazalardan kelib chiqib majlis qaror qiladi:

  1. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda Farg‘ona viloyati hokimligining “Buyuk ipak yo‘li” xalqaro folklor musiqa festivalining (keyingi o‘rinlarda “Festival” deb ataladi) yakuniy bosqichi 2019 yil

11-13 iyul kunlari Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahrida o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.

  1. Festivalni o‘tkazish bo‘yicha:

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining xarajatlar smetasida madaniy tadbirlarni o‘tkazish uchun nazarda tutiladigan budjet mablag‘lari hamda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan sarflanadigan mablag‘lar uchun “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali direksiyasi;

Farg‘ona viloyati mahalliy budjeti, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik hayriyalari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan sarflanadigan mablag‘lar uchun Farg‘ona viloyati hokimligi buyurtmachi etib belgilansin.

  1. Festivalni yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha ijodiy guruh tarkibi (keyingi o‘rinlarda Ijodiy guruh deb ataladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
  2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Buyuk ipak yo‘li” xalqaro folklor musiqa festivalini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi 2018 yil 18 maydagi 371-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari asosida Festivalning birinchi boskichini 2019 yil aprel oyida o‘tkazilishini va joriy yilning 10 may kuniga kadar ishtirokchilarning tegishli hujjatlarini O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga taqdim etilishini ta’minlasin.
  3. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi (Sayfullayev)
  4. a) joriy yilning mart oyiga qadar:

Festivalning logotipini va haykalcha namunalarini ishlab chiqsin hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shaharga yetkazishni ta’minlasin;

Festival dasturini ishlab chiqish va uni festivaldan kamida uch oy avval, turistik tashkilotlarga taqdim etish, Internet jahon axborot tarmog‘i va ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirish choralarini ko‘rsin; Festival ishtirokchilarini baholovchi xalqaro xakamlar hay’ati tarkibini shakllantirsin va tasdiqlasin.

  1. b) Farg‘ona viloyati hokimligi (G‘aniyev) bilan birgalikda: Festivalni yuqori saviyada tashkillashtirish va muvofiqlashtirib borish maksadida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va Farg‘ona viloyati hokimligi qoshida shtab faoliyatini tashkil etsin;

vazifalarni teng taqsimlagan holda Festivalning yakuniy boskichini o‘tkazish bilan bog‘liq sarf-xarajatlar smetasini ishlab chiqsin va o‘rnatilgan tartibda tasdiqlasin;

Festivalning sarf-xarajatlar smetasini ishlab chiqishda xalqaro xakamlar hay’ati a’zolari hamda ijodiy guruh (rejissyor, baletmeystr, raqqosalar va boshqalar)ning gonorar bilan ta’minlashga e’tibor qaratsin; respublikamizda ijod qilayotgan san’atkorlarning ijod namunalarini targ‘ib qilish, ularni chet davlatlarga eksportini tashkil etish maqsadida, xalqaro tashkilotlar va xorijiy madaniyat va san’at yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan yetakchi mutaxassislarini (prodyuserlik kompaniyalari) taklif qilgan holda Festival doirasida “Musiqali ko‘rgazma”sini tashkil etsin.

  1. Ijodiy guruh (Nazarbekov):

Festivalni o‘tkazishga doyr namunaviy dastur va ssenariysini ishlab chiqsin va joylarga yetkazish choralarini ko‘rsin;

tadbirning xalqaro ahamiyatga ega ekanligini inobatga olgan holda, mashhur estrada xonandalari, taniqli san’atkorlar, raqs jamoalari, xalq dorbozlik va havaskorlik sirk guruhlari, askiya va qiziqchilar, milliy va qadimiy urf-odat,an’analar va qadriyatlarni yuqori saviyada namoyish etadigan folklor jamoalari ishtirokini ta’minlasin.

  1. Farg‘ona viloyati hokimligi (G‘aniyev)ga:

Festival o‘tkaziladigan xududni obodonlashtirish, tadbir o‘tkaziladigan joylarga olib boruvchi yo‘llarning asfalt qismini ta’mirlash, daraxt hamda boshka o‘simliklarni butash, landshaft maydonlarini tartibga keltirish, bayramona bezatish, tozalash, chikindi tashlash joylarini tashkil etish, mavjudlarini ish holatiga keltirish, maxsus joylarda bio-xojatxonalarni o‘rnatish;

2019 yil iyul oyiga qadar Marg‘ilon shahrida festivalni aks ettiruvchi logotiplar, tasviriy vositalar, bannerlar va boshqa targ‘ibot vositalarini o‘rnatgan holda bayramona bezatish choralarini ko‘rsin; Festival ishtirokchilari va xorijiy mehmonlarni kutib olish, mehmonxona va ichki transport vositalari bilan ta’minlash, ovqatlantirish masalalarini tashkil etish, bunda xorijiy ansambllar va ishtirokchilarni mehmonxonalarga joylashtirishda ularga imtiyozli narxlarda milliy valyutada (so‘mda) xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash;

“Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi (Latipov) bilan birgalikda tasdiqlangan dizayn asosida targ‘ibot vositalari va bannerlarni chop etish, ularni Marg‘ilon shahri bo‘ylab markaziy ko‘chalar hamda tadbir o‘tadigan joylar atrofiga joylashtirish choralarini ko‘rsin;

Festivalni tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘lik boshqa masalalarni hal etish vazifalari yuklansin.

  1. O‘zbekiston Badiiy akademiyasi (Nuridinov), “O‘zbekkino” milliy agentligi (Zokirov), “O‘zto‘kimachiliksanoat” uyushmasi(Haydarov), O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi (Saidov), Savdo-sanoat palatasi (Ikramov) va Respublika “Hunarmand” uyushmasi (Abdullayev) Tashkiliy qo‘mita belgilagan hududda Festival doirasida milliy sozlar va liboslar, xunarmandchilik buyumlari, tasviriy va amaliy san’at asarlari, haykaltaroshlik namunalari, badiiy va hujjatli filmlar, audio va video disklar, kitoblar, albomlar, fotosuratlar namoyishi va ularning sotuvini tashkil etsin.
  2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklari festivalda ishtirok etadigan estrada xonandalari, taniqli san’atkorlar, raqs jamoalari, xalq cholg‘ulari va musiqa ansambllari hamda folklor jamoalarining Marg‘ilon shahriga kelib ketishlari uchun zarur transport vositasini ajratish hamda ularning xavfsizligini ta’minlash masalalarini hal etsin.
  3. Sog‘liqni saqlash vazirligi (Shodmonov):

Festival bo‘lib o‘tadigan joylarda, ishtirokchilar joylashgan mehmonxonalarda, shuningdek, tadbirga tayyorgarlik ko‘rish jarayonlarida tez tibbiy yordam punktlarini tashkil etsin hamda joylarni sanitariya-gigiyena talablariga to‘lik javob berishini ta’minlasin;

oshpazlar va ovkat tayyorlashda xizmat qiluvchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, tayyorgarlik dalolatnomalarni tuzsin;

zarur xollarda festivalning xorijiy va mahalliy ishtirokchilariga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatishni tashkil etish, joylardagi har bir tibbiyot muassasalarida alohida xonalar tayyorlash va ajratish vazifalari yuklansin.

11. Ichki ishlar vazirligi (Nazarmuhammedov) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 29 iyuldagi 205-son karori talablari asosida tadbir bilan bog‘liq ob’ektlarda va ularning atrof hududlarida jamoat tartibini saqlash, yo‘l harakati va yong‘in xavfsizligini ta’minlash yuzasidan zarur chora-tadbirlarni amalga oshirsin.

  1. “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi (Xakimov), “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksionerlik jamiyati(Xasilov): Festival nufuzini e’tiborga olgan holda xorijiy ishtirokchilarning kelib-ketishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish; Festival ishtirokchilarini tantanali kutib olish va kuzatishni tashkillashtirish uchun Tashkiliy ko‘mitaga Toshkent, Farg‘ona va Marg‘ilon shaharlari aeroportida aloka vositalari bilan jihozlangan maxsus xona ajratish;

“VIP” (yuqori martabali mexmonlar uchun), “CIP” va “Rasmiy delegatsiyalarni kutib olish zallari” orqali belgilangan tartibda xizmat ko‘rsatish;

xorijiy mehmonlarning belgilangan me’yordan ortiqcha vazndagi va xajmdagi yuklari hamda musiqa asboblarini xalqaro aviatashuvi, chiptalarni almashtirish va qaytarishni o‘rnatilgan tartibda amalga oshirish;

Festival ishtirokchilarini tantanali kutib olish va kuzatishni tashkil etish uchun Ijodiy guruh a’zolari hamda hamkorlik qilishi belgilangan mas’ul xodimlar Toshkent, Farg‘ona va Marg‘ilon shaharlari aeroport va temir yo‘l vokzallariga, shuningdek, transport vositalarini avto turargoxdarga imtiyozli kirib-chiqishi hamda ularg‘a teg‘ishli shart-sharoitlar yaratish;

Festival ishtirokchilarining yuklarini aeroport va temir yo‘l vokzali ichkarisidan olib chiqish va olib kirish uchun yetarli aravachilar bilan ta’minlash va yuk tashuvchi ishchilar xizmatini tashkil etish choralarini ko‘rsinlar.

  1. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (Aqqulov): Festival doirasida xorijiy sayyohlarni Farg‘ona viloyatiga keng jalb etish;

Farg‘ona viloyati hokimligi bilan birgalikda Festival doirasida tashrif buyuruvchi mehmonlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi buyurtmasiga ko‘ra, Farg‘ona va Marg‘ilon shahridagi mehmonxonalaridan joylarni ajratish choralarini ko‘rsin.

  1. “O‘zbekenergo” AJ (Mustafayev):

Festival o‘tkaziladigan hududga olib keluvchi va hududdagi tashqi elektr ta’minoti va uzatkichlarni taftishdan o‘tkazish;

ishlatiladigan, elektr quvvati talab etiladigan texnikalarni o‘rganib chiqib, zarur hajmda elektr quvvati bilan ta’minlash;

transformator, dizel generator va UPS moslamalarini o‘rnatish;

 

elektr quvvati ta’minotiga to‘rli elektr moslamalarini o‘zboshimchalik bilan ulash holatlariga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rsii.

  1. Tashqi ishlar vazirligi (Axatov) O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga Festivalga xorijiy davlatlardan taniqli folklorshunos olimlar, ijodiy jamoalar, mutaxassislar va faxriy mehmonlarni taklif etishda amaliy yordam ko‘rsatsin.
  2. “Sharq taronalari” XMF direksiyasi (Djo‘rayev):

bir oy muddatda Festivalni tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar smetasini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Tashkiliy qo‘mitaga kiritsin.

Festivalni tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq sarf-xarajatlar Tashkiliy qo‘mita tomonidan ishlab chiqilgan va belgilangan tartibda tasdiqlangan smeta asosida quyidagi tartibda:

50 foizi – O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining xarajatlar smetasida madaniy tadbirlarni o‘tkazish uchun xar yil nazarda tutiladigan budjet mablag‘lari hamda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan;

50 foizi – Farg‘ona viloyati mahalliy budjeta, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.

Festivalga xorijdan tashrif buyuradigan hay’at a’zolari va ishtirok etuvchi delegatsiyalarning mehmonxona, ovqatlanish va ichki transport xarajatlari Festivalni tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq tasdiqlangan sarf-xarajatlar smetasida nazarda tutilgan mablag‘lar hisobidan qoplanishi inobatga olinsin;

Tashkiliy qo‘mita tomonidan tasdiqlangan xarajatlar smetasida amalga oshirilishi belgilangan ishlar uchun mablag‘larni maqsadli sarflanishini ta’minlasin.

  1. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (Xadjayev), O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (Ko‘chimov)ga Festival targ‘ibotiga oid tele-radio va bosma materiallarni hamda Festivalni ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borish tavsiya etilsin.
  2. Mazkur majlis bayoni qarorining ijrosini ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri B.Sayfullayev, Farg‘ona viloyati hokimi Sh.G‘aniyev zimmasiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiiipg Yoshlar siyosati, madaniyat, ma’naviyat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyatiga yuklansin.

O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan